Ikki GAI xodimi yo‘lda zerikib turishgan ekan. Bir aravakash boboy ko‘rinib qolibdi.
GAIshniklar hazillashmoqchi bo‘lib boboyni to‘xtatishibdi.
— Otaxon, hujjatlaringizni ko‘rib qo‘yaylikchi.
Shunda otaxon qamchisi bilan otni dumini ko‘tarib:
— Bardachokda edi, olaqol!!!
Birinchi sinf o‘quvchisi ilk marta maktabga borib qaytgach, kayfiyati yomon, sumkasini otib yuboribdi.
Onasi:
— Nima bo‘ldi? - desa.
Bola:
— Maktabni obedgacha degandiz, 11 yil ekanku, - dermish
Bir kuni geografiya o‘qituvchisi globusni ko‘rsatib:
— Soliyev Afrika qani?, - desa Soliyev:
— Men olmadim ustoz, - debdi.
O‘qituvchi yana so‘rabdi:
— Soliyev Afrikani menga topib ber!
Soliyev:
— Ustoz rostini aytyapman, men olmadim.
Shunda o‘qituvchi:
— Bor, dadangni chaqir!, - debdi. Dadasi kelgach:
— O‘g‘lingizga Afrikani ko‘rsat, qani deb so‘rasam, men olmadim deydi. Bunga nima deysiz?, - debdi.
Dadasi o‘g‘liga o‘girilib:
— O‘g‘lim, olgan bo‘lsang, qaytib ber!, - dermish. Aqldan ozay degan ustoz ota-bolani qo‘shnisini ko‘chada ko‘rib qolibdi-da, bo‘lgan voqeani gapirib bersa, qo‘shnisi:
— O‘zi bular shunaqa, olgan narsasini qaytarib berishmaydi, - dermish.
Kunlardan birida hokim yo‘lda ketayotgan ekan, ko‘chada eshak yetaklab ketayotgan Afandini ko‘rib, shofyorga:
— Otaxonni yonida to‘xtat, bir bopli - debdi.
Hokim Afandiga qarab:
— Ha, Afandi, eshakni o‘qishga olib ketvosizmi? - deb shofyor bilan qotib kulishibdi.
Gapga javoban Afandi:
— Ha, o‘qishga olib ketvoman. O‘qisa hokim bo‘ladi, o‘qimasa shofyor - debdi