To‘ydan keyin yigit qizga:
— Siz mendan avval ham boshqa yigitlar bilan yurganmisiz? - desa qiz jim bo‘lib qolibdi. Yigit ichida “Xafa qilib qo‘ydim, ko‘ngliga ozor berdim”, deb o‘ylab:
— Qo‘ying, jonim. Meni kechiring, - desa, qiz:
— Jim turing ... 76, 77, 78, ...
Bir kuni afandi uyi yonida yig‘lab o‘tirsa, qo‘shnisi o‘tib qolibdi.
— Ha afandi, nega yig‘layapsiz? – debdi qo‘shnisi.
— Nega yig‘lamay?! Tomdan choponim tushib ketdi, - debdi afandi.
— Choponingiz tushib ketgan bo‘lsa, siz nega buncha yig‘laysiz? – so‘rabdi hayron bo‘lgan qo‘shni.
— Yig‘laymanda! Choponimning ichida o‘zim ham bor edim... – degan ekan afandi.
Er-xotin yangi xonadonga ko‘chib o‘tishibdi. Xotin eriga:
— Jonim, uyimizning devorlari ingichka ekan. Sal balandroq gapirsam, qo‘shnilarga eshitiladi. Shu devorlarni qalinrog‘iga almashtirsakmikan? – desa, eri xotirjam o‘tirib:
— Havotir olma! Qo‘shnilarning o‘zi seni ovozingni eshitishlari bilan devorlarini almashtirib olishadi, - dermish.
Bir kuni Axmadboy baliq oviga boribdi. Qarmogʻiga tilla baliq ilinibdi.
— Tila tilagingni! 3 ta tilagingni bajo keltiraman! – desa, Axmadboy:
— Sen shu 3 ta tilakni bajarish qobiliyatingni menga berib turgin! Kelgusi yil 6 ta qilib qaytaraman... – degan ekan.
Imtihonga kirgan talabadan o‘qituvchi so‘rabdi:
— Ismingiz nima?
Talaba kulib:
— Akbar, - deb javob beribdi.
— Nega buncha xursand bo‘lyapsiz Akbar? – debdi o‘qituvchi.
— Birinchi savolingizga aniq va lo‘nda javob berdim, - debdi talaba.
Kecha erim bilan urishib qolib unga:
– Eng kerakli narsalaringizni oling-da, uydan yo‘qoling! – deb baqirsam, erim chemodanini ochib, yonimga kelib meni chemodanni ichiga sola boshladi. Qanday qilib uni kechirmay bo‘ladi...?!
Bir kishi soch-soqollarini o‘stirib yurar ekan. Bir kuni sartaroshga kirib, soch-soqollarini oldirib, kal bo‘lib uyiga kirib kelsa, xotini yugurib kelib, quchoqlab olibdi.
— Ha xotin, tinchlikmi? – desa, - xotini:
— O‘ling, sizmidingiz, - dermish.
Yosh qiz 101 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib debdi:
— Allo, bu yong‘in o‘chirish xizmatimi?
— Ha, gapiring!
— Men 5-qavatda yashayman. Uyimga bir yigit chiqishga harakat qilyapti...
— Unda siz militsiyaga qo‘ng‘iroq qilishingiz kerak!
— Qo‘ng‘iroq qildim. Ularda narvon yo‘q ekan-da!!!
Bir kishi magazinga kirib Koka-kolani ko‘rsatib:
— Sosa-sola qancha, - debdi. Sotuvchi:
— Bu sosa-sola emas, bu inglizcha Koka-kola deyiladi, - debdi.
Shunda xaridor:
— Anavi Komka qancha unaqada? - desa, sotuvchi:
— Bu Komka emas, Somsa, - dermish.