Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Mototsikl ustasiga mijoz kelib debdi:
— Shu mototsiklimni tuzatib bering.
— Xo‘sh, nima kasali bor? – so‘rabdi usta.
— Ertalab 15 marta tepib o‘t oldiraman. Mototsikl degani 1 ta tepsa yonish kerak-k?! – debdi mijoz.
— Ha, unda kechqurun 14 marta tepib yoting. Ertalab 1 ta tepib haydab ketaverasiz, - dermish usta.
Talaba bu - ...
— O‘zi makaron, gorox sho‘rva ichsa ham, sevgan qizini qimmat kafelarga olib boradigan jentelmen!
— Hech bir fandan daftar tutmasdan, 150 ming so‘mlik portfel ko‘tarib yuradigan, ichida yo‘l kira uchun 1400 so‘m solib qo‘yadigan 120 ming so‘mlik klach sotib oladigan olifta!
— 6 oy umuman dars qilmasdan, bir kecha-kunduzda 6 oylik ma’ruzani ko‘chirib chiqa oladigan professor!
— Hisobidan bir sent bo‘lmasa ham, eng so‘nggi rusumdagi Iphone ishlatadigan boyvachcha!
— Dars qilib o‘tirib ham quloqchinlarda ashula eshitadigan, ham ma’ruzani ko‘chiradigan, ham internetda o‘tirib yozisha oladigan Yuliy Sezar!
— Atigi 400 ming so‘m stipendiya olib, 10 million so‘m kontrakt to‘laydigan sahiy odam!
Ikkita bezori yarim tunda avtobus saroyiga o‘g‘rilikka tushishni rejalashtiribdi.
Manzilga yetib kelgach, biri debdi:
— Men ichkariga kirib avtobusni haydab chiqaman. Sen shu yerda qorovulni chalg‘itib tur!
— Xo‘p, - debdi sherigi.
Ichkariga kirib ketgan o‘g‘ri yarim soat o‘tsa ham chiqmasmish, bir soat o‘tsa ham chiqmasmish.
Oxiri tashqarida turgani sekin ichkariga kirib qarasa, sherigi avtobuslarni orasida anqayib yurganmish.
— Nima qilyapsan? Nega haligacha avtobusni haydab chiqmayapsan? – desa, sherigi:
— 17-avtobusni topa olmayapman. Bu yerda turganlari bizni uyimizga bormaydi-ku!? - dermish.
Yoshi bir joyga borib qolgan futbol ishqibozi bolalik xotiralarini gapirib bermoqda:
“Bir yoshligimizda jahon chempionatini oq-qora televizorda ko‘rar edik. Bir gal esimda, televizorimizni rangini oqartirib yuborsam, ekranda angliyaliklar ko‘rinmay qoldi. Ekranni sal qoraytirsam, maydondan nigeriyaliklar yo‘qolib qoldi”.
Lo‘li yigit mashina haydash bo‘yicha imtihon topshirmoqda.
Imtihon olayotgan GAI xodimi:
— Hozirgina qanday belgi o‘tib ketdi? – desa, lo‘li yigit:
— Misdan yasalgan ekan, ko‘rdim... – dermish.
Ikki do‘st suhbatidan:
— Nima o‘qiyapsan?
— Gazetadagi maqola. Erini cho‘ntagidan pul o‘g‘irlaydigan xotin haqida ekan.
— Uni nima qilmoqchisan?
— Maqoladan nusxa ko‘paytirib, kiyimimning har bir cho‘ntagiga solib qo‘ymoqchiman.
Bir odamga kasalxonada zudlik bilan qon quyish kerak ekan. Hamma qarindoshlari qonlarini tekshirtirib ko‘rishsa, birortasini qon guruhi to‘g‘ri kelmabdi. Shunda bemorni ukasi bir odamni topib kelibdi. Uni qoni to‘g‘ri kelibdi.
— Seni qoning to‘g‘ri keldi. Avval qon berib chiqasan. Keyin bemor o‘ziga kelsa, pulni olasan, - deyishsa, haligi odam:
— Yo‘q, avval pulni beringlar. Qon berishga va’da beraman, - debdi.
— Qon topshirib turavergin. Juda shoshilinch! – deyishibdi.
Haligi odam:
— Meni qonimni olgan odam va’dasida turmaydigan bo‘lib qoladi, - dermish.