Doda latifalar

Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Bir kuni chol-kampir yoshlikni eslashmoqchi bo‘lishibdi. Chol kampirga debdi:
— Men seni uchrashuvga chaqiraman.
Chol uchrashuv joyiga borib, kampirni bir soat kutibdi. Kampirni yoniga qaytib kelib:
— Nega bormading, - desa, kampir:
— Onam ruxsat bermadilar, - dermish.
27
Er-xotin televizor ko‘rib o‘tirsak, oshxonada qolib ketgan qo‘l telefonimga SMS xabari keldi.
Erinchoqlik bilan o‘rnimdan turib, sekin borib qarasam, erimdan xabar kelibdi:
"Xotinjon, modomiki o‘rningdan turib, oshxonaga boribsan, bitta achchiq choy damlab kelaqolgin!"
23
Xotin eriga:
— Adasi meni haliyam sevasizmi? - depti.
Eri:
— Xotinjon, sen-simkartasan, men-telefon. Telefon sim kartasiz ishlamaydi.
Xotin o‘zida yo‘q xursand bo‘lib, oshxonaga chiqib kesa, eri:
— Bechora xotin sodda-da! Hozirgi telefonlarga ikkita sim karta tushishini bilmidi-da, - dermish.
23
Oqshom ertagini bu safar o‘g‘liga otasi o‘qib bermoqda:
— Malika juda-yam go‘zal ekan... U shunchalar chiroyli edi-ki, shahzoda butun oqshom undan ko‘zlarini uza olmabdi.
— Ada, nega shahzoda malikani ko‘zlarini uzib olmoqchi bo‘lgan???
22
Sevgi bu yuqumli kasallik bo‘lib, u odatda gap otishdan, telefon va sms orqali yuqadi. Kasallik alomatlari: kechasi uxlamaslik, tez-tez paynetga borish. Bu kasallik oqibatida bosh og‘riydi, yurak siqiladi, undan so‘ng asta-sekin pastga tushib, cho‘ntakni quritib chiqib ketadi.
26
Universitetni tamomlagan chiroyli, yosh qiz maktabga nemis tilidan dars berish uchun kelibdi. Maktab direktori yosh o‘qituvchini tekshirish maqsadida, u dars o‘tayotgan xonaga kirib, oxirgi partadagi o‘quvchining yoniga joylashibdi. Yosh muallima doskaga nemis tilida jumla yozib, bolalardan so‘rabdi:
— Qani, kim doskadagi yozuvni tarjima qiladi?
Orqa partada, direktorni yonida o‘tirgan bola qo‘lini ko‘tarib:
— Bugun uchrashsak bo‘ladimi? deb yozilgan ustoz, - desa, o‘qituvchini jahli chiqib:
— Nima? Voy tarbiyasiz-yey! Narsalaringni yig‘ishtir-da, yo‘qol!!!
Bola narsalarini yig‘ishtirib, direktorga qarab, yig‘lamsirab debdi:
— Nemischani tarjima qilishni bilmaskansiz, nima qilardingiz menga o‘rgatib?!...
27
Bir kuni afandi eshagini to‘satdan yo‘qotib qo‘yibdi. Hamma yoqni qidiribdi, topa olmabdi. Oxiri zooparkka aylanishga borib zebrani ko‘rib qolibdi-da unga qarab:
— Ha eshak, ko‘ylak kiysang ham tanidim seni! - dermish.
24
Maktab saytidagi e’lon:
"Planshet sotaman. Arzon bahoda".
E’lon tagidagi birinchi izoh:
"Mavluda Azizovna, darsdan keyin qaytarib beraman degandingiz-ku!!!"
31
Qishloqdan shaharga kelgan sodda bir odam ovqatlanish uchun kafega kiribdi. Menyuni ko‘rib chiqgach, ofitsiantga bitta gril buyurtiribdi.
Besh daqiqadan keyin ofitsiant choy, non va bir piyola sous olib kelibdi. Birozdan so‘ng ofitsiant grilni olib kelsa, haligi odam non bilan sousni yeb bo‘lgan emish. Ofitsiantni qo‘lidagi grilni ko‘rgach:
— Tovuq borligini oldinroq aytsang bo‘lmasmidi?! Men grilga to‘yib olibman, – dermish.
25
Kuyovjo‘ra kuyovdan so‘rayapti:
— To‘ydan keyin labingga uchuq toshib ketibdimi? Nimadan bunchalik qo‘rqib ketding...?
— E-ey, to‘yxonada qaynonam uchta bo‘lib qolganini ko‘rdim.
— Ular qaynonangni opa-singillari edi-ku...
103