Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Bryus Li O‘zbekistonga kelib, Yunusoboddagi Stroy Mir ni aylanib yursa, qurilish asboblari do‘konida lomni ko‘rib qolibdi. Bryus Li o‘zini ko‘rsatib qo‘ymoqchi bo‘lib, sotuvchi cholga qarab turib, lomni qo‘li bilan qayirib tashlabdi-da, joyiga qo‘yibdi. Jahli chiqqan chol:
— Olmasang nima qilasan tegib, - debdi-da, lomni yana tekislab qo‘ygan ekan.
Bir kuni afandi chaynagan saqichini burniga yopishtirib ketayosa, qo‘shnisi ko‘rib qolib:
— Iye, ha afandi tinchlikmi?! Burnizga saqichni nega yopishtirib olibsiz, - desa, afandi pinagini buzmay:
— Ey taqsir, men bir kambag‘al odam bo‘lsam... Kambag‘al odamni esa boyligi ko‘zini yonida turishi kerak, - degan ekan.
O‘qituvchi o‘quvchidan so‘radi:
— Karimjon,nega o‘tgan kuni maktabga kelmading?
— Oyim shimimni yuvib qo‘ygan ekanlar. Bora olmadim-da...
— Kecha-chi, kecha nimaga kelmading?
— Maktabga ketayotib, uyingiz yonidan o‘tdim. Qarasam, ko‘ylagingiz jiqqa xo‘l ilinib turgan ekan. Sizni maktabga bormasalar kerak deb o‘ylabman.
Ikki it uchrashib qolishibdi. Biri ikkinchisiga dermish:
— Xo‘jayinimni shu qadar qo‘lga o‘rgatib oldimki, so‘rashish uchun har gal panjamni ko‘tarsam, go‘sht beradigan bo‘ldi.
Yaponlar bitta so‘kinganda 1 daqiqa minut oldinga o‘tib qoladigan soat ixtiro qilishibdi. Tekshirish uchun soatni yapon bariga ilib ko‘rishibdi. Ertasiga qarashsa 2 daqiqa oldinlabdi. Keyin rus bariga ilib ketishibdi. Ertasiga qarashsa, 20 daqiqa oldinga o‘tib qolibdi. Oxiri o‘zbek choyxonasiga ilishibdi. Ertasiga qarashsa, soat yo‘q emish.
— Soat qani? - deyishsa, choyxonachi:
— E, u soatmidi? Biz qishda vyentilyator nimaga aylanib turibdi deb olib tashlabmiz...- dermish.
Xotini yotoqxonaning pardalarini almashtirib, qo‘yganidan bexabar er yarim tunda mast holda kirib kelibdi-da, erta tongda o‘rnidan turib chiqib ketayotsa, xotini:
— Qayoqqa ketyapsiz? - deb so‘rabdi.
Shunda er:
— Uyga boraqolay, xotinim yo‘qligimni sezib qolmasin, - dermish.
Afandi betob bo‘lib yotsa, xotini tepasida yig‘lab o‘tirgan ekan. Afandi unga termulib:
— Bor, chiroyli kiyimlaringni kiyib, o‘zingga qarab chiq! – debdi.
Xotini:
— Qo‘ying-e, hozir ko‘nglimga pardoz-andoz sig‘armidi?! – desa, afandi uni koyib:
— Ahmoq xotin! Hozir Azroil kelib qoladi. Seni ko‘rib, meni unutib qo‘yarmikin deyman-da, - debdi.
Chekka qishloqlarning birida yarim tun... Derazadan kimningdir ovozi eshitilibdi:
— O‘tin kerakmi?
Uy egasi:
— Yo‘q, kerak emas!
Tongda hovlisiga chiqgan uy egasi:
— Voy sho‘rim! O‘tinlarim qani???
Bir odam doktorga kelib, shikoyat qilibdi:
— Bilasizmi, men eshakdek ishlayman, itdek charchayman, lekin mushukchalik ham ovqat yemayman. Nima qilay, ayting...!
— Men hayvonlar doktori emasman, odamlarni da’volayman! Siz veterinarga borganingiz ma’qul!