Doda latifalar

Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Er-xotin aylanib yurishsa, o‘g‘rilar chiqib qolishibdi.
— Eng qimmat narsangni ber! – debdi do‘q urib o‘g‘rilardan biri.
— Dadasi, meni berib yuboraqoling... – debdi shoshib qolgan xotini.
— Jinnimisan!? Eng qimmat narsani deyapti, arzonini emas! – dermish eri.
29
Ishxonada majlis. Boshliq:
— Bugun juma. Bu kichkina shanba degani. Ishlamaymiz. Kechki payt o‘tirish!
Ertaga shanba – o‘tirishni davomini qilamiz!
Yakshanba kuni bosh og‘rig‘iga davom ettiramiz!
Dushanba – ishxonada bosh og‘rig‘iga olamiz va uyga ketamiz!
Seshanba – ichmaymiz. Lekin bunday dam olishlardan keyin ishlash ham noto‘g‘ri bo‘ladi!
Chorshanba – ishga chiqamiz va jon berib ishlaymiz!
Payshanba kuni juma kuniga tayyorlanamiz va ishlamaymiz!
Juma kuni esa avval aytganimdek – kichik shanba! Hammaga tushunarlimi?
Zaldan ovoz eshitildi:
— Kechirasiz—ku, lekin shu chorshanba kunidagi axmoqgarchilik qachon yo‘q bo‘ladi?
30
Qiz yigitdan so‘radi:
— Azizim, meni sevasizmi?
Yigit:
— Ha! O‘zing-chi?
— Men ham o‘zimni juda sevaman...
25
Bir erkak mashinasini hadeb artib, quchoqlab, ma’yus holda mashinani silab qo‘yarmush
Buni qo‘shnisi ko‘rib:
— Ha qo‘shni, mashinani sotimoqchimisiz deyman?! - desa, hali erkak:
— Yo‘g‘-ye, xotinim haydovchilik guvohnomasi oldi, - dermish.
25
— Yur Dildora, kinoga boramiz.
— Ketdik!
— Yigiting rashq qilmaydimi?
— Yo‘q, uni erim urib, o‘ldirib qo‘ygan.
29
Bir bemor stomatologga kelsa, ichkaridan bittasi xursand chiqib ketayotganmush.
— Nega buncha xursandsiz? - desa, haligi odam tishini ushlab:
— Xudoga shukur, vrach yo‘q ekan, - dermush.
30
Qiz onasiga telefon qilib:
— Oyijon, meni o‘g‘irlab ketishvatti! - desa, onasi:
— Voy qizim, qanaqa mashinada? - so‘rabdi.
— Malibu, - desa:
— Baxtli bo‘l qizim! - dermish onasi.
28
Yosh hamshira vrach xonasiga kirib:
— Chaqirdingizmi? - debdi.
— Ha. 5-palatadagi bemordan qon oldingizmi? - so‘rabdi vrach.
— Oldim. Atigi 3 litr chiqdi, - dermish.
27
Yosh o‘smir yigit uyga bir qulog‘iga zirak taqqan holda kirib kelibdi.
Otasi buni ko‘rib:
— O‘g‘lim, qadim-qadimdan zirakni yo qaroqchilar, yo hezalaklar taqqan. Hozir derazadan tashqariga qarayman, agar tashqarida kemangni ko‘rmasam, enangni Uchqo‘rg‘ondan ko‘rsataman.
28
O‘qituvchi Boltavoydan so‘rabdi:
— Katta bo‘lsang kim bo‘lasan?
Boltavoy javob beribdi:
— Ixtirochi bo‘laman. Bir knopkani bossa, hamma ishni bajaradigan robot ixtiro qilaman.
— Yaxshi, sen nima ixtiro qilasan Teshavoy.
Teshavoy uyqusirab javob beribdi:
— Men o‘sha knopkani bosadigan apparat ixtiro qilaman...
27