— Dugonajon, hali-yam turmushga chiqmadingmi?
— Yo‘q. O‘zimni eng yaxshi yigitga asrab yuribman!
— Uzoq asrab yuraverma! Yaroqlilik muddati o‘tib ketmasin tag‘in!
Ona qizidan so‘rabdi:
— Qizim, kechqurun xonangdan gumburlagan tovush keldi. Nima edi u?
— Kiyimlarim polga tushib ketdi.
— Kiyimlaring shunday ovoz chiqardimi?
— Men uni ichida edim-da!
O‘g‘il:
— Dada, onaning ko‘z-yoshi bilan, xotinning ko‘z-yoshi o‘rtasida qanday farq bor?
— O‘g‘lim, juda katta farq bor! Onaning ko‘z-yoshi yurakka ta’sir qiladi, xotinning ko‘z-yoshi cho‘ntakka!
Dunyodagi 95 foiz qizlar bir xil turdagi yigitni orzu qilishadi:
Ichmaydigan, chekmaydigan, oliyjanob, haddan ziyod tartibli, juda kelishgan, badavlat, quvnoq, farosatli, aqilli, ...
Lekin shuncha ijobiy xislatlari bo‘la turib, hanuzgacha bo‘ydoq yurgan yigitni hech kim ko‘rmagan...!
Bir odam ikkinchisiga debdi:
— Sen menga kimligingni aytsang, sening do‘sting kim ekanini aytib beraman.
Ikkichisi:
— Men millionerman, - debdi.
Birinchisi:
— Sening do‘sting menman! - dermish.