Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Bemor vrachga kelib debdi:
— Doktor menga yordam bering. Fikru hayolim faqat telegramda, kunduzi ham, kechasi ham gruppadaman! Nima qilay, maslahat bering...
Vrach:
— Bu jiddiy kasallik. Yuring, siz bilan lichkada gaplashamiz.
Bir boladan so‘rashibdi:
— Tug‘ilgan kuningga nima sovg‘a olishni xohlaysan? - deyishibdi.
Bola o‘ylanib turib:
— Bilmadim, lekin ikkita bo‘lsin, - debdi.
— Boshliqning xonasiga kirib, stolga qattiq mushtlab, maoshimni oshirishni talab qildim.
— Ho'sh, natijasi nima bo'ldi?
— Hech nima, chunki boshliq xonasida yo'q edi.
Bemorga vrach dori yozib beribdi-da, debdi:
— Bu dorilarni bir oy ichasiz. O‘ttiz kundan keyin ichib bo‘lgach yana ko‘rishamiz.
Bemor uyga borgach:
— To‘xta! Bu oy 31 kun-ku axir!!! - dermish boshi qotib!
Bir oylik kelin yaqin dugonasiga hasrat qilyapti:
— Kecha kuni bilan chuchvara tugdim. Kechqurun erim kelib…
— Xo‘sh, xo‘sh? Nima dedi ering?
— “Qaytib bunaqangi chuchvara sotib olma” dedi.