Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Travmotologiya shifoxonasidan chiqgan er-xotin taksi to‘xtatishdi. Mashinaga o‘tirgach, haydovchiga qarab:
— Iltimos, faqat shoshilmasdan haydasangiz. Kecha bir "o‘pka" haydovchi urib yuborgan edi, - deyishibdi.
Haydovchi esa tirjayib:
— Men bo‘lsa sizlarni tanimabman...- dermish.
Tongga yaqin uyiga qaytgan erini hamma yog‘ida lab bo‘yog‘i va sariq soch ko‘rgan xotin janjal qilib:
— Bu nima ahvol? - deb baqirsa, eri:
— Aytsam ishonmaysan, masharaboz bilan rossa urushdim, - dermish.
Avtobus bekatda to‘xtab yana yo‘lida davom etayotsa, bir erkak jon holatda avtobusni orqasidan yugurib kelayotganmish. Qoqilib, yiqilib, yana turib yugurarmish.
Shu payt bir yigit avtobus oynasidan boshini chiqarib:
— Aka avtobusni orqasidan yuguravermang. Hamma kulaverib, ichagi uzilay deyapti, - desa, chopib kelayotgan kishi:
— Agar hozir birortangiz avtobusni to‘xtatmasangiz, boshingiz uziladi... Chunki men shu avtobusni haydovchisiman, - dermish.
Bir erkakni xotini kasal bo‘lib yotib qolibdi. Erini chaqirib:
— Agar o‘lib qolsam, nima qilasiz? — debdi.
— O‘lmay qolsang nima qilaman xotin? — dermish eri yig‘lamsirab.
Xotini ko‘zgu oldida o‘ziga oro berib eriga maqtana boshlabdi:
— Bilasizmi? Bugun kosmetologga borgandim. U meni yuzimni 18 yoshli qiznikiga o‘xshatdi.
Eri ensa qotirib:
— 48 yoshli ajinlaring haqida hech nima demadimi, - desa, xotini jahl bilan:
— Yo‘q! Sizni so‘ramadi, - dermish.
Ziyofatga ketayotgan xotin eriga qarab:
— Adasi, men kechroq qaytaman. Bolalarni ovqatlantirib qo‘ydim, - debdi.
Eri:
— Mast holatda qaytmagin tag‘in, - desa, xotini hayron bo‘lib:
— Unda indinggacha bolalarga qarab o‘tira olasizmi? – dermish.
Bir kuni buqa bilan sher pivo ichib o‘tirishsa, sherni telefoni jiringlab qolibdi:
— Allo, ha albatta! Hozir boraman, - debdi sher. Shunda buqa sherga qarab:
— Yana xotiningmi? Nega undan qo‘rqasan-a? Men xotinimdan umuman qo‘rqmayman! – debdi kerilib.
Shunda sher buqaga qarab:
— Meni xotinim sherxon bo‘ladi. Senikiga o‘xshagan sigir emas! – dermish.
— Nega barcha film qahramonlari ertalab yuvinib bo‘lgach, nonushta qilishga, gazeta o‘qishga-yam ulgurishadi?
Men har kuni ertalab yuvinib-kiyinishga zo‘rg‘a ulguraman ...
Bir yigit Sibirga, do‘stini uyiga mehmonga boribdi. Ovqatlanib o‘tirsa, oyog‘ini ostidan kalamushdek keladigan jonzod o‘tib qolibdi.
Shunda mehmon:
— Shu sovuqda kalamush nima qiladi?, - desa.
Mezbon:
— Bu kalamush emas. Palto kiygan suvarak!, - dermish.
Oshiq ispan yigit har oqshom sevgan qizini derazasi yonida serenada kuylarkan. Do‘stlari undan:
— Nega shu qizga uylanib qo‘ya qolmaysan?, - deyishsa,
— Keyin kimga serenada kuylayman?, - dermish.