Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Yigit do‘stiga:
— Ikki ming pul qarz berib tur!
Do‘sti cho‘ntagini kavlab:
— Faqat bir yarim ming pulim bor.
— Mayli beraver! Besh yuz qarz bo‘lasan shunda...
Xasis er xotiniga dedi:
— Xotin, bilasanmi?, gazetada yozishicha, bir martta yurakdan kulish, to‘rtta tuxumning quvvatini berarkan. Har kuni qozon osavermay, bolalarni kuldirib ham turish kerak!
Bir qiz dugonasiga maslahat bermoqda:
— Agar sevgan yigiting seni rashk qilishini xohlasang, unga mana bunaqa sms xabar yozib yubor!:
"Jonim, yaqinda to‘yim bo‘ladi. ...voy uzr, sizga ketib qolibdi".
Poyezdda ketayotgan erkak chekish uchun yo‘lakka chiqibdi. Bir payt qarasa, poyezd relsdan chiqib, o‘rmon tomonga yurib va yana relsga qaytayotgan emish. Ko‘zlariga ishonmasdan mashinistni oldiga yugurib borib:
— Nima qilyapsiz?, - debdi haligi odam.
Mashinist esa:
— Poyezd relsida bir yigit o‘tirgan ekan. Shu yigitni quvladim, - debdi xotirjam.
— Xo‘sh, qochib ketdimi? - qiziqib so‘rabdi yo‘lovchi erkak.
— Yo‘q, o‘rmonga kirmasidan yetvoldim. Keyin ortimga qaytdim, - dermish mashinist.
Uyga qaytgan er oshxonada idish yuvayotgan xotiniga qarab:
— Bu uyda kim xo‘jayin?, - deb baqiribdi.
Qo‘lidagi tova bilan erini boshiga urib: — siz-da adasi, - debdi xotini.
Shu payt qo‘shni ayol kirib kelib qarasa, er burchakda hushsiz yotganmish.
— Voy, eringiz nega bu yerda yotibdi?!, - desa,
— Uyning xo‘jayini qayerda xohlasa, o‘sha yerda yotaveradi, - debdi xotini.
— Me’yorini bilmay ichganlarni o‘lguday yomon ko‘raman. Kecha meni mashinaga ko‘tarib ketayotib, yerga uch martta tushirib yuborishdi-ya, la’nati piyonistalar.
— Dadasi, meni tug‘ilgan kunimga nima sovg‘a qilasiz?
— Qo‘shnimizning Kaptivasi esingdami?
— Ha esimda, azizim, esimda...
— Huddi shu Kaptiva rangidagi paypoq sovg‘a qilmoqchiman.
Bir kuni Afandinikiga yon qo‘shnisi kirib qolibdi. Afandi:
— E, keling, keling qo‘shni.
Qo‘shni:
— Keldik qo‘shni.
— Tinchlikmi o‘zi? Kecha tunda "gurs-s-s" etgan ovoz eshitildi.
Afandi:
— Ha umi kecha tomda yotgandim, choponim pastga tushib ketdi.
Qo‘shni:
— E, qo‘ying-e, chopon tushib ketsa bunchalik ovoz chiqmaydi-ku.
Afandi:
— Gap shundaki, shu choponning ichida o‘zim ham bor edim-da, - dermish.
Marshrutkada bir qiz barmog‘i bilan oynani g‘irchillatibdi. Orqa o‘rindiqda o‘tirgan chol:
— Qizim ovozini o‘xshatding, endi hidini nima qilamiz? - debdi
Qizi otasiga gapiryapti:
— Ertaga bo‘lajak kuyov bola keladi va meni qo‘limni so‘raydi. Siz uni oyog‘iga yiqilib, qo‘llarini o‘pib “Bizni haloskorimizsiz” - demasdan, oddiygina “Men roziman” deng.