Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Hozir 3 yoshli bolakaylar kompyuterda ishlashni, selfi suratga olishni bilishadi. Men-chi, shu yoshimda qora saqichni chaynab, magnitofonda kasseta eshitib yurardim.
— Yaxshi qiz, meni qayerga sudrab ketyapsiz?
— Nikoh o‘qitishga!
— Lekin hali yaxshiroq tanishmadik-ku...?
— Nikoh o‘qitib olaylik. Onam shunaqa deb tayinlagandilar!
Xotin eriga:
— Ozishimni xohlasangiz, ham bir kilo uchun 100 mingdan to‘laysiz-mi? - debdi.
Eri bo‘lsa:
— Insofing bormi xotin? Bozorda dumbani narxi qancha turishini bilasanmi? - deb kulib yuboribdi.
Botanika o‘qituvchisiga o‘quvchi savol beribdi:
— Daraxtlar yordamida shimol va janub tomonlarni qanday bilib olsa bo‘ladimi?
O‘qituvchi:
— Juda-yam oson-ku! Archa-shimol, palma esa janub.
Olimlarning fikricha, tez orada shartnomalarda yozilayotgan kredit beruvchi tashkilotning shartlarini faqat elektron mikroskop yordamida o‘qiy olish mumkin bo‘ladi.
Qo‘lga tushgan maktab qorovulini tergov qilishyapti:
— Ho‘sh, ayting-chi? Maktabdan nimalarni o‘g‘riladingiz? – so‘rabdi tergovchi.
Qorovul yuzini burishtirib:
— Xo‘jalik bo‘limi mudiridan biror arzgulik narsa qolmagan-ku o‘zi...?! – debdi.