Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
To‘rtta sodda yigit shahardagi restoranga kirib, nima ovqat buyurishni bimay o‘tirishsa, yonidagi stolda beshta yigit menyuga qarab:
— Bizga hammamizga Befshteks olib keling, - deyishibdi.
Haligi to‘rttala yigitlar buni eshitib qolib, ofitsiantga qarab:
— Bizlarni hammamizga to‘rfshteks olib kelavering!, - deyishgan ekan.
— Guli, yuzingga nima qildi? Huddi eri urgan xotinni yuziga o‘xshab qolibdi.
— Yashshamagur sigirimiz, shunaqa qilib qo‘ydi.
— Voy, yuzingga tepib yubordimi?
— Yo‘q, har kuni sog‘ayotganimda dumi bilan yuzimga uraverardi. Dumi qimirlamasin deb, g‘isht bog‘lab qo‘ygandim.
Yosh qiz telefonidan sobiq sevgan yigitlarini raqamlarini o‘chirib tashlashni unutgan ekan. Bir payt oshxonadan onasi uni chaqiribdi:
— Qizim, telefoningga javob ber! Senga qandaydir Ablah qo‘ng‘iroq qilyapti.
Bir ayol tiqilinchda hamyonini tushirib qo‘yibdi. Birozdan keyin yoshgina bola ayolni hamyonini qaytarib beribdi. Ayol hamyonini ochib ko‘rib bolaga:
— Meni hamyonimda ikkita besh mingtalik bor edi. Bu yerda o‘nta ming so‘mlik turibdi-ku?! - desa, bolakay:
— Bilasizmi, oldin ham bittasini hamyonini topib bergandim. U menga minnatdorchilik bildirish uchun mayda topa olmagandi. Shunga pullaringizni maydalab qo‘ydim, - dermish.
Yarim kechada tashqariga chiqib ketgan er, birozdan so‘ng shalabbo bo‘lib qaytibdi.
— Yomg‘ir yog‘yaptimi? - so‘rabdi xotini.
— Yo‘q. Kuchli shamol bo‘lyapti, - dermish eri.
Uchta badavlat amaldorlar xotinlari yozda qayerda dam olishni yoqtirishi haqida bir-biriga maqtanishmoqda. Birinchisi:
—Meni xotinim har yil yozda Gavaya orollarida dam olishni yoqtiradi, - debdi.
Ikkinchisi:
— Meniki Turkiyada dam olishni yoqtiradi, - debdi.
Uchinchisi:
— Meni xotinim har yil yozda Sochida dam olishni yoqtiradi, - debdi.
Bittasi haydovchisiga qarab:
— Seni xotining qayerga dam olishga yuborasan, - desa,
— Hozircha xotinimni mendan koʻngli sovigani yoʻq, - dermish.
Ikkita shisha yigʻuvchi daydi axlatxonada shisha yigʻib yurib, olov chiqqanini sezib qolishibdi. Birinchisi:
— Qara, axlatxona yonayapti, - desa, ikkinchisi:
— Hayriyat-yey, bugun issiq ovqat yer ekanmiz, - dermish.
Hayvonlar pivoga uzundan-uzun navbatda turishibdi. Hammadan oldin quyon o‘tib, pivo olmoqchi bo‘lgan ekan, bo‘rini jahli chiqib, quyonni to‘xtatibdi:
— Qayoqqa, hoy quyon?! Navbatni ko‘rmayapsanmi?
Quyon:
— Yur, bir chetga o‘taylik, gapim bor!
Bir daqiqadan keyin yana quyon navbatsiz pivoga o‘ta boshlabdi. Ayiq quyonni qulog‘dan ko‘tarib:
— Hoy shalpangquloq, qayoqqa?! - debdi.
— Bir daqiqaga bu yoqqa qaragin, - deb, ayiqni ham bir chetga olib ketibdi.
Qaytib kelib, doimgidek navbatsiz pivoga qo‘l uzatgan ekan, arslon o‘kiribdi:
— Jonga tegding-ku! Navbatga tur!
Quyon arslonni ham yetaklab, o‘rmon ortiga olib o‘tsa, u yerda odamxo‘r dev turgan emish.
— Yana go‘sht olib keldingmi?! Qachon pivo olib kelasan??? - dermish dev arslonni ko‘rib.