Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Do‘konga kirgan qaysar xaridor yangi ish boshlagan sotuvchi qizga debdi:
— Xizmat ko‘rsatishingiz juda-yam yomon! Men so‘ragan buyumlarni hattoki turgan joyini ham bilmaysiz. Mahsulotlar pala-partish taxlangan, umuman tartib yo‘q...!
Qo‘rqib ketgan yosh sotuvchi yig‘lab yuboray deb tursa, boyagi xaridor yana baland ovozda:
— Sizda o‘zi insof bormi? - desa, sotuvchi qiz shoshilib:
— Bor-bor, bo‘lishi kerak! Hozir topib beraman...! - dermish.
Kun bo‘yi chuchvara tugib, erim ishdan kelishiga pishirib, dasturxonga qo‘ysam, erim chuchvaralarni yeb bo‘lib:
— Boshqa bunaqasidan sotib olmagin, xo‘pmi?! - desa bo‘ladimi...
Botir jang maydonidan yaralangan do‘stini sudrab chiqib ketmoqda. Do‘sti unga debdi:
— Meni kasrimga o‘lib ketasan. Tezroq meni otib tashlagin-da, o‘zingni joningni asrab qol!
Botir bir soniya to‘xtab:
— Ilojim yo‘q! Miltig‘imning o‘qi tugagan! – desa, do‘sti iltijo qilib:
— Menda bor, sotib olaqolmaysanmi?!
Yangi kelinchak eriga debdi:
— Chiroyli ko‘ylaklar olib bermasangiz, sayyohatga olib bormasangiz, nima qilardingiz menga uylanib!
Eri bo‘lsa unga qarab:
— Ovqat pishirishni, shim dazmollashni baribir o‘rganmas ekansan, nima qilarding turmushga chiqib?! – debdi.