Ikki o‘rtoq do‘stini uyiga mehmonga borishibdi. Uy eshigini yoniga yetib kelgach, yigitlardan biri eshikni oyog‘i bilan tepib taqqillatibdi.
Yonidagi do‘sti hayron bo‘lib:
— Nega eshikni oyog‘ing bilan taqqillatyapsan? - deb so‘rasa, do‘sti:
— Mezbon bizni qo‘limiz band ekan deb o‘ylasin. Aks holda u bizni quruq qo‘l bilan uyiga kirgazmaydi, - degan ekan.
Tushkun bemor vrachdan so‘rabdi:
— Doktor, nega tahlil natijalarim bunchalik yomon?
— Siz ular uchun qancha pul to‘lagan edingiz?
— 50 ming so‘m.
— Yaxshi natijali tahlillar bizda qimmat turadi!
2 ta futbol ishqibozi suhbatlashmoqda:
— Bilasanmi, meni kuchugim komandam yutqazib qo‘ysa, salto otadi.
— Yo‘g‘-ye?! Qaysi tomonga?
— Bu, qaysi oyoqda tepishimga bog‘liq...
Bir kishi Rossiyaga ishlagani boribdi. Ish beruvchi avval suhbat qilib ko‘rmoqchi bo‘lib debdi:
— Nima maqsadda Rossiyaga keldingiz?
— Neksiya va 2 qavatli uylar qilgani keldim.
Buni eshitib ish beruvchi:
— Neksiya bizda chiqmaydi O‘zbekistonda chiqadi. 2 qavatli uylarga ham o‘zbeklar o‘ch bo‘ladi, - deb orqasiga qaytarib yuborgan ekan.
Bir bemor ko‘z doktorini oldiga borib:
— Doktor meni ko‘zim yaxshi ko‘rmayabdi. Hamma narsani 2 ta ko‘ryapman, - debdi.
Shunda doktor shunday qarabdi-da:
— Uchchalovingiz ham shunaqami? - debdi.
Ikki do‘st tog‘ga otlanishibdi. Kech tushibdi. Tunash uchun palatkalarni o‘rnatib uyquga ketishibdi.
Tong otgach, do‘sti ko‘zini ochibdi-yu, shergidan so‘rabdi:
— Xo‘sh do‘stim! Bu tiniq osmon bizga nimalar haqida so‘zlaydi?
Sherigi osmonga qarab turib:
— Tunda bizni palatkamizni o‘g‘irlab ketishgani haqida so‘zlayapti!!!