Bir erkak ko‘chada mast bo‘lib o‘tirsa, yonidan o‘tib ketayotgan odam: — Birodar, nega ko‘chada o‘tiribsan? - debdi. Erkak: — Uyga kiritmayapti-da, - debdi. — Kim? Xotiningmi? - deb so‘rabdi haligi odam. — Yo‘q! Xotindan himoyalanish instinktim kiritmayapti uyga, - degan ekan.
Ikki qo‘shni liftda: — Durdona, seni judayam sevaman! — Imron-aka tinchlikmi? Oldinlari bunday tuyg‘ularingiz haqida hech etmas edingiz. — GreenCard 2020 yutib olishingni bilmasdim-da.
Sen o‘zingni ulg‘ayganingni bilishing qiyin emas! Hamma narsani go‘sht narxi bilan o‘lchay boshladingmi, tamom! — Yur, kinoga boramiz! — Qo‘ysang-chi! Ikki kilogram go‘shtni pulini yo‘q qilib kelamiz... — Shashlikka boraylik...! — Yo‘g‘-ye... O‘shani puliga go‘sht olib uyda yeymiz.
— A-xa, qo‘lga tushdingmi?! – dedi Nasriddin do‘stlaridan biriga. — Pivo ichyapsan! Doktor senga ichishni ta’qiqlagan edi-ku! Demak, sen byulletenni bir necha kunga cho‘zmoqchisan! — Ta’qiqlagani to‘g‘ri. Lekin o‘sha doktor yaqinda qazo qildi. Xo‘sh, u o‘lgandan keyin ham buyrug‘iga bo‘sunishim kerakmi?! – debdi do‘sti.
Kecha sotib olgan dorining yo‘riqnomasini o‘qidim: “Salbiy ta’sirlari: ko‘ngil aytishi, qayd qilish, bosh aylanishi, ... ketishi, uyqusizlik, asabiylashish, kuchli bosh og‘rig‘i, gastrit, hushdan ketish, ... O‘ylanib qoldim. Balki shu zormandani ichmasam ham shamollashim o‘tib ketar-a!?”
Titanik cho‘kib bormoqda.
Birinchi klass yo‘lovchilari qutqarish qayiqlariga chiqib olgan bo‘lsalar-da, ikkinchi va uchinchi klass yo‘lovchilari kema kapitanining aysberglar kema uchun foydali haqidagi yolg‘on cho‘pchaklarini eshitmoqdalar.
— Do‘stim, nega bizni davlatda kvest xonalar yo‘q?
— Nega yo‘q ekan? Tiqilib yotibdi-ku!
— Qayerda?
— Senga davlat idoralaridan spravka kerak bo‘lmaganmi hecham? Hamma kvest xonalar o‘sha yerda-ku!