Doda latifalar

Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
— Bugungi kun kechagindan nimasi bilan yodingda qoldi?
— Boshqa sana ekani bilan eslab qolaman.
24
30 yoshga to‘lgan yigitlarni 20 yoshli yigitlardan farqi shundaki, og‘aynilar bilan choyxonada o‘tirish uchun 1 hafta ham telegramda kelisha olishmaydi...!
13
— Do‘stim, dunyoga qara, nimalar bo‘lyapti-a?!
— Nima desam ekan!?
— Bir nima deyishni o‘zim ham bilaman. Faqat bunga tushuna olmayapman.
13
Okulist vrach huzurida:
— Hurmatli bemor, yaqinda ko‘zoynaksiz kitob o‘qishni boshlaysiz.
Bemor:
— Qanaqasiga? Axir men hech narsani ko‘rmayapman-ku!
Vrach:
— Men barmoqlaringiz bilan o‘qiysiz kitobni demoqchi edim.
14
Agar uylanmagan yigitlarda qaynonaning tajribasi bo‘lganida edi, hamma yigitlar bu dunyodan bo‘ydoq o‘tib ketardi.
20
Katta filarmoniya konserti boshlandi.
"Hozir Shestakovichning 6-simfoniyasi yangraydi!"
Orqa qatordan erkak kishining asabiylashgan ovozi eshitilibdi:
"Ko‘rdingmi! Tezroq yursang bo‘lmaydimi?! 5 ta simfoniyani o‘tkazib yuboribmiz!"
19
Agar ko‘p qavatli uyda yashovchilar bir kunda bosh yuvishsa, demak ertaga issiq suvni o‘chirishadi yoki bugun issiq suv kelgan.
12

— Elektr energiyasi uchun to‘lagan pulingiz tugab, to‘satdan chirog‘ingiz o‘chib qolsa nima qilasiz?
— Qo‘shnilarni uyiga mo‘ralayman. Kimda yana chiroq o‘chdi ekan deb...

16
Agar o‘rmonda oldingizdan ayiq chiqib qolsa, bir chetga o‘tib tilanchiga o‘xshab turib oling. Ayiq ham aniq siz tarafga qaramay o‘tib ketadi.
15
— Mushugingni laqabi nima?
— Har doimgi laqabimi yoki kosamdagi go‘shtni o‘g‘irlab ketayotganida nima deb chaqirishimni aytaymi?
15