Doda latifalar

Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Choli hammomda uzoq qolib ketganidan havotir olgan kampir baqirib:
— Hoy chol, nimalar qilyapsiz? – debdi.
Chol hammomda turib g‘alati ovozda javob beribdi:
— Tis-s-slarimni yuvyapman.
Kampir yana baqirib:
— Menikiniyam yuvib chiqing, - degan ekan.
8
Ijtimoiy tarmoqlarda juda ko‘p o‘tirgan ota farzandli bo‘libdi. Farzandi ulg‘aygach, otasidan so‘rabdi:
— Ada, meni ismimni kim qo‘ygan?
— Tvitter, telegram, instagramm, ...
— Kim u qarindoshlarimizmi? Nega ular uyimizga kelishmaydi?
10
“Oʻ” harfi har qanday vaziyatda juda kerak boʻladi.
Masalan, doʻstingni yangi kiyimini maqtash uchun, doʻkonda siz tanlagan kiyim qimmatligini aytish uchun va
hattoki, koʻchada birovlarga qoʻpollik qilish uchun!
9
Bir kishi yangi turk gilamini sotib olibdi. Endi uyiga kirgan har bir odamni oyoq kiyimini yechishga majbur qilyapti.
“Albatta , axir gilam turkiyanikida”, deysizmi?
Ha toʻgʻri, lekin gilam devorga osilgan ekan-da...
11
Jahongir maktabdan kelib, adasiga debdi:
— Ada, bugun 5 oldim! Ertaga pul berasizmi?
Adasi o‘g‘liga qarab turib:
— Qachon maktabdan 777 olib kelsang, so‘ragan pulingni beraman. Boshingga shapkayam olib beraman, - dermish.
16
Qishloq koʻchasidan qushdek uchib borayotgan “Neksiya” darvoza yonidagi supada oʻtirgan Afandining roʻparasiga borib toʻxtadi. Mashinadan olifta kiyingan bir yigit tushdi-da, Afandiga salom berib, uni bagʻriga bosdi.
— Dada, - dedi yigit uni tanimay turgan Afandiga, - nima, meni tanimayapsizmi?
— Yoʻq, taniyolmay turibman, - dedi Afandi yigitga boshdan-oyoq tikilib.
— Axir men, siz bundan 10 yil oldin shaharga nos olib kelish uchun yuborgan oʻgʻlingizman! Oʻshanda shaharda qolib ketib, ishga kirdim. Uyli-joyli boʻldim, mashina sotib oldim, boyib ketdim! Durust qilibmanmi, dada? – debdi yigit quvonib.
Afandi hecham xursand boʻlmay:
— Xoʻsh, nos qani? – dermish.
11
Buratina bir mazza qilib hammomda cho‘milmoqchi bo‘lib, issiqxonaga kirgan ekan, yonib ketibdi.
8
Angela Merkel:
— Putin, biz paradga bora olmaymiz.
Putin:
— Juda yaxshi, biz asirlarning ishtirokini rejalashtirmagan edik...!
11
— Ishxonangizdagi rahbarga munosabatingiz qanday?
— Xuddi xotinimga o‘xshash. Rahbarimiz ozgina yoqadi,ozgina qo‘rqaman va birozgina boshqasi bo‘lishini istayman...
13
Ikki o‘rtoq do‘stini uyiga mehmonga borishibdi. Uy eshigini yoniga yetib kelgach, yigitlardan biri eshikni oyog‘i bilan tepib taqqillatibdi.
Yonidagi do‘sti hayron bo‘lib:
— Nega eshikni oyog‘ing bilan taqqillatyapsan? - deb so‘rasa, do‘sti:
— Mezbon bizni qo‘limiz band ekan deb o‘ylasin. Aks holda u bizni quruq qo‘l bilan uyiga kirgazmaydi, - degan ekan.
14