Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Shifokorlar xonasida jarrohlar choy ichib suhbatlashib o‘tirishgan edi. To‘satdan xonaga yosh jarroh hovliqib kirib keldi:
— Iltimos, yordamlashvoringlar! Operatsiya xonasida bemorning qornini yorib qo‘ydim, endi u yog‘ini nima qilishni bilmayapman.
Armiyada komandir askarlarga:
— Ho‘sh, hozircha mana bu yer, mana bu yer va mana bu yerdan chuqur kovlashni boshlayverasilar, men esa borib aniq qayerni kovlash kerakligini bilib kelaman.
Dadasi meni sevasizmi?
— Pulim yo‘q.
— Men ko‘ngil uchun so‘rayabman, siz esa darrov boshqacha tushinasiz.
— Ha, sevaman, jonimdan ortiq.
— Bo‘ldi endi qizig‘i yo‘q puliz bo‘masa.
Jamoamiz juda ahil! Ba’zi xodimlar mukofot pulidan umid qilib ish bo‘lmasa ham yarim tungacha ofisda bekor o‘tirishadi. Ayrim xodimlar ko‘chadagi biznesidan ko‘proq pul ishlashi mumkinligini bilib, kech qolmasdan o‘z vaqtida ishdan chiqib ketishadi.
Tug‘ilgan kunida eridan sovg‘a olmagan ayol eriga diydiyo qilibdi: "Bir haftadan beri tug‘ilgan kunimga hech narsa kerakmas deb javrayman. Baribir bugun tug‘ilgan kunim ekani yodingizdan chiqib qoldi! - degan ekan.
Matematika o‘qituvchisiga o‘quvchi debdi: — Ustoz, shu fanga darslarda kirmasam maylimi?! Menga matematika hayotda umuman kerakmas! Ustozi o‘quvchiga: — Hali shu gaplaringni farzandlaring bilan matematika darsini tayyorlab o‘tirganingda eslaysan! - dermish.
30 yoshga to‘lgan yigitlarni 20 yoshli yigitlardan farqi shundaki, og‘aynilar bilan choyxonada o‘tirish uchun 1 hafta ham telegramda kelisha olishmaydi...!