Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Bir ayol o‘g‘lini so‘kyapti:
— Ahmoq, yalqov, dangasa. Huddi dadangni o‘zisan.
Shu payt erining jahli chiqib:
— Hoy, nimalar deb shang‘illayapsan???
Ayol:
— Siz aralashmang! Sizga tegishli gap bo‘layotgani yo‘q!
Fransuz rusdan so‘radi:
— Sizlar suli yeysizlar-a?
— Ha.
— Bizda sulini itga berishadi.
— Hm... Sizlar baqa yeysizlar-a?
— Ha.
— Bizda baqani it ham yemaydi.
Afandi bir oshnasi bilan o‘rik sotib oldi. Sherigi Afandini uyaltirmoqchi bo‘ldi-da, o‘rik yeb turib o‘z danaklarini ham Afandinikiga qo‘sha berdi. Oxiri danaklarni ko‘rsatib dedi:
— Afandi, o‘rik yeyishga juda chaqqon ekansiz, birpasda shuncha danak qildingiz?
— O‘rik yeyishga mendan ham siz usta ekansiz — dedi Afandi,— o‘rikni danak-panagi bilan yutar ekansiz.
Maymunning qo‘lida fotoapparat bor ekan, u o‘rmonga kirib borganida, hayvonlar fotoapparatni ko‘rib qiziqishibdi.
Sher maymunga qarab:
— Bu nima, deb so‘rabdi
Maymun:
— Chiq-chiq, - debdi.
Maymun sherga:
— Tur rasmga tushuraman, - debdi
Chiq-chiq qilibdi.
— Narxi 1500 bo‘ladi. Ber, - debdi.
Keyin hamma hayvonlar rasmga tushibdi. Quyon buni ko‘rib do‘konga boribdi.
— Mangayam chiq-chiq bering.
Sotuvchi bu miltiq bo‘lsa kerak, deb quyonga beribdi. Ayiq quyondan so‘rabdi:
— Bu nima?
Quyon:
— Chiq-chiq, dermish
— Tur! Biiir-ikkiiii-uuuuch.
— Chiq-chiq
Gumbullagan ovoz kelibdi. Quyon ayiqni otib qo‘yibdi. Quyon o‘lgan ayiqqa qarab:
— Shantaj qilma! Baribir, 1500 berasan, - debdi.
Sudda ish ko‘rilmoqda. Sudya ayblanuvchiga:
— Uyalmaysizmi, sudlanuvchi?! Bu kampir sizga bulochka bergan ekan, siz esa uni toshbo‘ron qilibsiz?! Sudlanuvchi:
— Umuman olganda, men tosh emas, o‘zi bergan bulochkalarni otuvdim...
Poshsho bir kuni katta ziyofat berdi. Unda Afandi ham bo‘lib, yonidagi kishi bilan quyuq suhbatlashar edi. Poshsho uni xijolat qilish uchun yoniga kelib:
— Kim biladi, qanday yolg‘onlarni valaqlayapsan,— dedi.
— Nima qilay, shohim,— javob berdi Afandi,— lof aralashmasa bo‘lmas ekan, do‘stimga sizning odilligingiz haqida gapirib beryapman.