Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Eski yog‘ochdan yasalgan uyning oldiga, qimmat mashina kelib to‘xtabdi-da ichidan bashang kiyingan erkak tushib, uyga kiribdi. Uyda qari chol derazadan ko‘chani tomosha qilib o‘tirgan ekan.
Erkak uning ro‘parasiga o‘tirib gap boshlabdi:
— Assalom alaykum, mani tanimadiz-a? Man sizni o‘g‘lingizman. Esingizdami, 10 yil oldin mani sigaret olib kel, deb bozorga yuborgandiz? Man shu ketgancha shaharga ketdim, yaxshi odamlarni uchratdim, ishlab pul topdim, o‘zimni biznesimni boshladim, uy, mashina oldim, mana bugun millionerga aylandim, - desa
Dadasi jim qarab turganmish.
O‘g‘li:
— Dada biror nima desangizchi?, - desa
Dadasi:
— Sigaret qani?!, - dermish
Bir yigit qizga gap otibdi.
— Yaxshi qiz figureyzni qatdan oldiz, - desa
Qiz ham bo‘sh kemiy:
— Magazindan, - desa
Yigit:
— Basharezga pul yetmadimi, - debdi
Bir ruschani yaxshi bilmaydigan bola sigaret chekib o‘tirsa, yoniga bir rus qiz kelib o‘tiribdi. U ham sigaret chekishni boshlabdi.
Shunda bola chekayotgan qizga hayron bo‘lib:
— Vы chto, kuritsa?, - desa
Rus qizning jahli chiqib:
— A chto, tы petux?, - debdi
Bola qo‘lidagi sigaretni ko‘rsatib:
— Net, ya toje kuritsa!!!, - dermish
Ikki do‘st suhbati:
— Men xotinimdan tashqari biror bir ayolga qiyo boqmaganman. Sen ham shunday deb ayta olasanmi?
— Ayta olaman. Faqat bu gapni gapirganda bunchalik jiddiy turolmayman, xalos.
Bir bola lo‘li qiz bilan bir birlarini sevisharkan. Bola qizga:
— Sanga uylanaman, desa
— Onamdan so‘rang, nima desalar, shu. Oloy bozoriga borsangiz, o‘sha yerda tilanchilik qiladilar, debdi.
Bola borib, qizni onasiga:
— Qizingizga uylanmoqchiman, desa
Onasi:
— Faqat bitta shartim bor, debdi. O‘rnimda 3 kun tilanchilik qilasan.
Bola rozi bo‘libdi. Oradan 3 kun, 5 kun, hatto 10 kun o‘tsa hamki bola qiznikiga bormabdi.
Oxiri qizning onasi kelib:
— Sinovimdan o‘tding. Qizim saniki, desa
Bola:
— Qizingam, sanam kerak emassan. Yo‘qollaring! Joyni hech kimga bermayman, debdi.