Doda latifalar

Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Yigit:
— Zooparkda bo‘ganmisan?
Qiz:
— ha, bo‘ganman.
Yigit:
— nima berib boqishgan?
Qiz:
— hafa bo‘lib indamadi.
Yigit:
— hazillashdim, rostan bo‘ganmisan.
Qiz:
— ha, nimedi?
Yigit:
— nimaga qochib ketgansan?
135
Ikki jinni avtobus bekatda turibdi. Biri ikkinchisidan so‘radi:
— Sen qaysi avtobusni kutvosan? 6-avtobusni.
— Men bo‘lsam 5-avtobusni kutvoman..
— Vooooy, qara 65-avtobus kevotti. URA birga ketarkanmiz!
119
O‘qituvchi Eshmatvoydan so‘radi:
— Qani, Eshmatvoy menga aytchi, odamning qaysi tishi eng oxiri chiqadi?
— Tilla tishlari.
115
— Bir beg‘araz shifokor borakan, pul olmasakan!
— Bo‘ldi boraman!
— Salom pul olmaydigan doktor.
— Voaleykum assalom tuzalmaydigan bemor!
119
Optimist — 1-iyun kuni yoz kelganiga xursand bo‘ladigan inson, Pessimist esa yoz boshlanib, o‘tib ketishiga qayg‘uradigan inson.
122
— Aytishlaricha, ich ketganida sabzi yordam berarmish.
— Lekin, buni hatto qaysi yo‘l bilan yordam berishini tasavvur qilishni o‘zi ham meni daxshatga solmoqda.
112
Sudya jabrlanuvchiga:
— Vrachni nimada ayblayapsiz?
— Kvartiramni o‘g‘irlashda yordam bergani uchun.
— Qanaqasiga?
— U menga kechalari uyqu dori ichib, derazani ochib uxlashni maslahat beruvdi.
130
Bir akaxon shirakayf uyiga kelsa, xotini supurgini qo‘liga ko‘tarvolib, kutib olibdi. Akaxon tiz cho‘kib:
— Jon-xotinjon bizni kimlarga tashlab uchib ketmoqchisan, supurgingni ushlavobsan dermish...
106
Yarim kechasi er juda mast holatda uyiga kelib chiroqni yoqadigan vklyuchatelni topolmay paypaslanib tursa. Ko‘rpada yotgan xotini:
— O‘ngroqda, pastga tushiring, pastga tushib ketdingiz, tepaga ko‘taring, chapga o‘tib ketdingiz, - deb eriga yotgan joyida yo‘l ko‘rsatib tursa.
Qo‘shni xonada yotgan qaynona:
— Qizim u bechorani qiynamay, qo‘ling bilan ushlab ro‘paru qilib yubor, - degan ekan
124
Mening hayotim ssenariysini kim yozganini bilmaymanku, lekin unda aniq kulgi hissiyoti mavjud.
137