Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Otasi 7 yoshli o‘g‘liga debdi:
— Senga necha martta aytganman, gugurtni o‘ynash mumkin emas deb!?
O‘g‘li:
— Men uni o‘ynamadim. Men sigaretimni yoqib oldim, ada! – degan ekan.
Bozorda aylanib yurib, bolasini yo‘qotib qo‘ygan ota bozor idorasiga borib debdi:
— Maylimi mikrofondan bir gapni e’lon qilsam?
— Gapiring, - deyishibdi.
Otasi mikrofonni yoqib:
— Xayr kichkina zumrasha! - degan ekan.
Ishtoning "D&G", tufli "Gucci", mayka "Armani", sumka "Louis Vuitton", telefon "iPhone 7 Plus"… Men bir narsaga hayronman, sen avtobusda nima qilyapsan?
Bank xodimi oshxonaga tushlik qilgani kirsa, oshxonada hech kim yo‘q emish. Qarasa qorovul o‘tirgan ekan.
Xodim so‘rabdi:
— Qani ishchilar?
Qorovul:
— Ular hozir tushlikka chiqib ketishdi, - dermish.
— Bir tanishimni qarindoshi bittagina g‘isht bilan uy-joy quribdi.
— Qanaqasiga, bir dona g‘isht bilan-a!?
— Ha, o‘sha qarindoshi GAI xodimi ekan. G‘isht esa - yo‘l belgisi!
— Eringizga mutloq tinchlik kerak. Uni asablari charchagan. Mana tinchlantiruvchi dori.
— Unga qachon ichkizay, doktor?
— Meni noto‘g‘ri tushundingiz. Dori siz uchun!
Avval prokuror bo‘lib ishlagan odam zavod rahbari lavozimiga ishga tayinlanibdi va ishchilarga qarab:
— Men sizlarga o‘g‘rilik qilish qanaqa bo‘lishini ko‘rsatib qo‘yaman hali!!! - dermish.
Bir yigit mototsiklda ketayotsa yelkasini chumoli chaqib olibdi. Yigit yelkasidan chumolini olibdi-da:
— Agar yana chaqsang, u yog‘iga piyoda ketasan! - deb chumolini yana yelkasiga qo‘yibdi.
Marshrutkaga bozordan bir ayol katta sumkalari bilan chiqdi. Yonida yoshgina qizalog‘i ham bor ekan. Bir amallab o‘rindiqqa joylashib olib, ayol qiziga dedi:
— Adang shuncha narsa olganimizni ko‘rib nima derkinlar-a?!
Qizaloq bo‘lsa hech ikkilanmay:
— Bozorda biror narsa qoldimi o‘zi deydilar, - debdi.