Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Avtobusda bir juvon erkak bilan janjallashmoqda:
— Sen xotinboz, shilqimsan! Birorta ham sochi uzunni o‘tkazib yubormayapsan, - debdi ayol baqirib. Shunda bir qari kampir dermish:
— Kechirasan qizim, sen uni urishyapsanmi yoki reklama qilyapsanmi???
Bir kuni o‘zbek, ingliz va rus ketayotishsa, oldidan dev chiqib qolibdi. Rus va ingliz dag‘-dag‘ qaltirab qolishibdi.
O‘zbek esa:
— Iye, og‘ayni qalaysan?! Yur, choyxona bor bugun, ketdik, - desa, dev ham og‘zi ochilib, o‘zbekka qo‘shilib ketib qolgan ekan.
Bir ayol jon berayotgan ekan. Eridan so‘rabdi:
— Menga xiyonat qilganmisiz?
— Bu nima deganing?! Albatta yo‘q! - debdi eri. Shunda xotini:
— To‘g‘risini aytavering, xiyonat qilganmisiz? Baribir umrim tugayapti, - desa, eri:
— Mabodo o‘lmay qolsang-chi!? - dermish.
Vokzalda turgan odam poyezdga kech qolib, ortidan yugurib ketayotsa, poyezddagi odamlar ustidan kulibdi. Shunda u:
— Men poyezdni quvib yuboryapman, - degan ekan.