Doda latifalar

Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
— Jonimga tegib ketdi. Xotinim nuqul kech qolding, kech qolding deb, janjal qilgani qilgan.
— Ertaroq bor!
— Ertalab soat oltida borib ko‘rdim! Baribir kech kelding, deydi.
9
Samolyot havoda daf’atan chalqanchasiga ag‘darilgan holda ucha boshladi. Styuardessa yo‘lovchilarni tinchlantiryapti:
— Hurmatli yo‘lovchilar, Qo‘rqmanglar!
Hozir uchuvchimiz burniga dori tomizib olsin, samolyotimiz asl holiga qaytadi!
7
Ko‘chada ketayotgan chiroyli qiz yoniga bir yigit kelib:
— Yaxshi qiz telefoningizni bera olasizmi? - debdi.
Qiz jilmayib:
— Bir ko‘rishdayoq sevib qoldingizmi?! - desa, yigit:
— Yo‘q, bir urunishdayoq telefonni o‘g‘irlamoqchiman! - dermish.
7
Eri xotiniga:
— Agar uyda ham o‘zingni kassirdek tutishni bas qilmasang, hoziroq kiyim-kechaklarimni yig‘ishtiraman-da, ketaman!
Xotini:
— Qadoqlab, paketga solib beraymi?
6
Farrosh ayol militsiyaga shikoyat qilmoqda:
— Ortimdan kelib, tilla zanjirimni o‘g‘irlab ketdi.
— Siz qochishga urinmadingizmi?
— Qayoqqa qochaman? O‘ng tarafimda devor, chap tarafimda chelak, orqamda o‘sha ablah o‘g‘ri turibdi. Old tomondagi pollarni yuvib bo‘lgandim. Iflos qilgim kelmadi.
9
Afandi kechqurun yo‘lga chiqibdi. Yo‘lni yoritish uchun telefon fonarini yoqibdi. Borar manziliga qo‘ng‘iroq qilmoqchi bo‘lib, cho‘ntagiga qo‘l solsa, telefon yo‘q ekan. Xotiniga qo‘ng‘iroq qilib:
— Xotin, telefonim uyda qolibdi. Falonchiga qo‘ng‘iroq qilib, meni ketganligimni ayt, - desa, xotini birozdan so‘ng qayta qo‘ng‘iroq qilib:
— Telefonni topolmadim. Uyiga kirib boravering, - debdi. Afandi jahli chiqib, qarasa telefon qo‘lida ekan.
11
Bir bemor doktorga kelib:
— Qornim og‘riyapti, dori bering, - desa, doktor shoshilganidan itiga olgan dorini berib yuboribdi.
Bir haftadan keyin boyagi bemor yana kelib:
— Doktor, menga bergan doringizni nomi nima edi? Hech qaysi dorixonadan topa olmayapman, - dermish.
8
Bir qiz dugonasiga:
— O‘zingga yigit topishing uchun ko‘chaga yasangan va xushchaqchaq holda chiq! Chunki ko‘chada o‘ziga qaramagan va g‘amgin ayollarning barchasi turmushga chiqganlar bo‘ladi!
7
— Senga umringda birortasi "go‘zal" deb aytganmi?
— Ha. Bozorda, — Kartoshkadan olib keting, go‘zal qiz! - deb aytishgan...
83
— Oyijon, keling, o‘yin o‘ynaymiz.
— Qanaqa o‘yin?
— «Hayvonot bog‘ida» degan o‘yin. Biz qafasdagi hayvonlar bo‘lamiz, siz esa tomoshabin bo‘lib bizga olma, konfetlar tashlaysiz.
75