Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Vokzalda turgan odam poyezdga kech qolib, ortidan yugurib ketayotsa, poyezddagi odamlar ustidan kulibdi. Shunda u:
— Men poyezdni quvib yuboryapman, - degan ekan.
Bir kuni afandi manti yegisi kelib, oshxonadan manti xarid qilib, endi yemoqchi bo‘lib tishlagan ekan, issiq manti lablarini kuydiribdi. Mantini olib devorga otibdi va so‘ka boshlabdi:
— La’nati, labimni kuydirding, - debdi. Manti tugilgan joyidan ochilib ketibdi. Afandi darg‘azab bo‘lib:
— Labimni kuydirib, yana kuladi bu! - desa, mantini yog‘i oqibdi. Afandi:
— So‘ksam yig‘laydi yana, - dermish.
— Nega uni qo‘yib yubording?
— U meni tashlab ketmaydi. Vafodorligini sinab ko‘rmoqchi edim.
— Tentak, kim qopag‘on itni bo‘yinbog‘isiz qo‘yib yuboradi?!
Bitta odam qo‘shnisini hovlisiga kirib, tovuqxonasidan tuxum o‘g‘irlabdi.
Tuxumni ushlab turib, hayol sura ketibdi:
"Shu tuxumdan jo‘ja ochirib, boqib katta tovuq qilaman. Tovuqni sotib, g‘oz olaman, g‘ozni ham boqib, sotib, qo‘y olaman. Qo‘yni semirtirib, sotib, buzoq olaman! Buzoqni katta buqa qilib, uni ham sotib, mashina olaman!", deb hayol surib tursa, qo‘shnisi kelib qolibdi.
O‘g‘rini ko‘rib:
— Tuxumni joyiga qo‘y! - deb baqirgan ekan, tuxum qo‘lidan tushib, sinib ketibdi. Shunda haligi o‘g‘ri odam:
— Mashinamni to‘lab berasan! - deb baqira ketgan ekan.
— Jonimga tegib ketdi. Xotinim nuqul kech qolding, kech qolding deb, janjal qilgani qilgan.
— Ertaroq bor!
— Ertalab soat oltida borib ko‘rdim! Baribir kech kelding, deydi.