Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Afandi ariq tepasidagi qil ko‘prikdan o‘tayotgan edi, kavushining bir poyi ariqqa tushib, oqib ketdi. Afandi olish uchun shuncha harakat qildi, bo‘lmadi, noiloj:
— O‘zi ham past mato, tor, oyog‘imni g‘ajib kelayotgan edi, zab ish bo‘ldi-da, oqib ketdi,— dedi.
Afandining bu gaplarini eshitgan hamrohi ajablandi:
— Attang, bejirimgina, yangi kavush ekan, a!
— Yomon dedim, yomon,— dedi tutaqib Afandi,— yaxshi bo‘lsa, juftini tashlab ketarmidi!
Afandi qorong‘i kechada o‘rtoqlari bilan oshxo‘rlik qilib o‘tirgan edi, birdan shamol turib, chiroqni o‘chirib qo‘ydi.
Ulfatlardan biri:
— To chiroq yoqilguncha osh yeyish yo‘q! Hamma chapak chalib o‘tirsin, - dedi.
Afandi tizzasini yalang‘ochladi-da, uni, bir qo‘li bilan shappatilab o‘tirib, ikkinchisi bilan osh ustidagi go‘shtni paqqos tushirdi.
Ishdan qaytgan ep xotiniga baqirdi:
— Yana ovqat tayyor emasmi? Men itday ochman! Bo‘ldi, restoranga ketdim!
— Xoy, besh daqiqa sabr qilib turing!
— Nima, besh daqiqada ovqatni tayyor qilishga ulgurarmiding?
— Yo‘q, kiyinishga ulguraman.
Maktabda bolalar orasida tezlik haqida bahs ketyapti:
Salima:
— Eng tez bu so‘z, gapirdingmi, bo‘ldi uni qaytarib bo‘lmaydi.
Olimjon:
— Eng tez bu svet, bosdingmi u yonadi
Teshavoy:
— Meni kecha ichim o‘tgandi... bir so‘z ham aytolmadim, svetni ham yoqishga ulgurmadim
Qizim bu yigit bechoraning yetimligi kamlik kilganday, yana cho‘loq ekan. Unga tegmay qo‘yaqol.
— Lekin ko‘zlari chiroyli ekan. Axir uni ham baxtli bo‘lishga xaqqi bor-ku!
— Shuni aytaman-da... hayot unga shunchalik azob bergani yetmaganday, sen ham tegib olsang, qanday bo‘larkin?
Gollivudda o‘tkazilgan mukofotlash marosimida hozirgacha "Oskar" mukofotiga olti marta da’vogarlik qilgan Leonardo Di Kaprio nihoyat "Oskarga eng ko‘p marotaba da’vogarlik qilgan shaxs" nominatsiyasi bo‘yicha taqdirlandi.
— Dugonajon, odamlarga ham hayronman-da. Kecha bir do‘konga kirib kupalnik sotib olmoqchi
bo‘lib "primerochnoy"ga kirsam, orqa tomonidan bir teshik teshib qo‘yishibdi. O‘sha teshikdan qarasam, bir barzangi yigit olma sotib o‘tiribdi. O‘sha barzangini teshikdan tomosha qilish kimga qiziq ekan, shunga hayronman-da?!