Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Bir kuni Afandi ko‘chada ketayotganda, odamlar Afandiga shunday savol berishibdi:
— Afandim nimaga eshagingizga teskari o‘tirib oldingiz, deyishibdi.
Shunda Afandi shunday javob beribdi:
— Bugun ertalab eshagim bilan urushib qolgandim, shunga yuziga qarashga uyalaman, debdi.
Afandi qarib qolgan chog‘ida mevali daraxt ko‘chatlarini o‘tqazayotgan edi, podsho kelib qoldi.
— Hoy chol,— dedi podsho,— sen piri-foniy bo‘p qolibsan. Bu ekayotgan daraxtlaringning mevasini yeyman, deb o‘ylayapsanmi?
— O‘tganlarning ekib qoldirganlaridan biz foydalanyapmiz. Endi bizning ekkanlarimizdan kelgusidagilar foydalansinlar, deb ekayapman.
Bu gap podshoga yoqib ketib, «Za» devordi. Uning «Za» degani ofarin degani edi, podsho har gal «Za» deganida ming tanga in’om berilishi shart edi. Podshoning yonidagi xazinachi darhol Afandiga ming tanga sanab berdi. Afandi qulluq qilib:
— Mana ko‘rdingizmi podshohim, mevalarim hoziroq xosil berdi,— dedi.
Podsho yanayam xursand bo‘lib, «Za» dedi. Xazinachi yana ming tanga sanab berdi. Afandining ta’bi ochilib ketdi:
— Aslida mevali daraxtlar yilda bir marta hosil beradi. Lekin podshoximning poyi-kadamlari sharofatidan ikki marta hosil berdi.
Podshoga bu gap ham xush kelib, yana «Za» devordi. Xazinachi Afandiga yana ming tangani sanab berdi-da, sekin podshoning qulog‘iga shivirladi:
— E podshohi olam, agar bu yerdan tezroq ketmasak, bu chol xazinangizni butkul, qurutadi...
Eri jahl bilan ZAGS qog‘ozini o‘qib o‘tirsa,
Xotini:
— Voy, jonim nima qivossiz? ZAGS qog‘oziga buncha termulib qoldiz, - desa.
Eri xotiniga qarab:
— Amal qilish muddatini qidirayaman, - dermish.
Besh yoshlardagi bola onasiga:
— Oyijon, siz singlimni farishta qiz derdiz. U hech ham farishta emas ekan. Chunki, hozir uni balkondan tashlab yuboruvdim, u osmonga uchishni o‘rniga, yerga qulab tushdi...
Yer osti o‘tish yo‘lida: folbin lo‘li va gitara chaluvchi musiqachi turishibdi. Odam kam, ikkisi ham zerikishmoqda.
Lo‘li:
— Menga qara, yigit, kel fol ochib qo‘yaman!
— Menda senga beradigan pul ham yo‘q...
— Men sen uchun tekinga fol ochaman!
— Unda mayli... deb gitarachi qo‘lini uzatibdi.
— Qo‘lingdagi chiziqlar taqdiringdagi ikki narsa — yaxshi va yomon holatdan xabar bermoqda. Xo‘sh, qaysinisidan boshlay?
— Yaxshisidan!
— O‘lganingdan keyin narigi dunyoda barcha davr va zamonlarning eng yaxshi mashshoqlaridan iborat eng katta simfonik orkestrida dirijyorlik qilasan.
— Bunaqasini hayolimga ham keltirmagan ekanman... Yomon yangilinging qanaqa?
— Ilk repetitsiya — ertaga belgilangan!
Qishloqdan kelgan bir sodda yigit shaharda yoshi o‘tib qolgan ayoldan so‘rabdi:
— Buvijon, 1-sonli kasalxonaga qanday borsa bo‘ladi?
— Meni yana bir marta "buvijon” desang bas.
Sud raisi ayblanuvchidan so‘rayapti:
— Ayting-chi, voqea qanday sodir bo‘ldi?
— Xizmat safaridan belgilangan vaqtdan bir kun ilgari keldim, ertalab uyga kirishim bilan ayolimning rangi g‘alatiroq ko‘rindi. Kutilmaganda oshxona eshigi ochilib yopilganday bo‘ldi. Shoshib oshxonaga o‘tdim, deraza pardasi shamolda xilpirab turardi, pastga qarasam, mana bu odam bitta ichki ko‘ylakda turibdi. Alam ustida unga muzlatgichni olib otdim, ammo mo‘ljalni yaxshi ololmabman. Aslida uni o‘ldirmoqchi edim. Sud raisi qo‘ltiqtayoqdagi jabrlanuvchiga o‘girildi:
— Ho‘sh, siz bu masalada nima deya olasiz?
— Har kuni tongda turib, mashq qilaman, ko‘p qavatli uyimiz atrofida ikki marta yugurib aylanaman. Bir payt qarasam, uchinchi qavatdan muzlatgich uchib tushyapti, zo‘rg‘a qochib ulgurdim, oyog‘imga tushdi. Sal bo‘lmasa boshimga tushib o‘lardim. Sud raisi butun tanasi shikastlangan guvohga yuzlandi:
— Guvoh, siz nima deya olasiz?
— Nima ham derdim, o‘sha yerda bo‘lsam-da, aslida men bu voqeani ko‘rganim yo‘q. Chunki men muzlatgich ichida edim.
Bugungi ob-havo ma’lumoti: Kunduzi pivo yomg‘iri yog‘ib kechga borib aroq yomg‘iriga aylanishi kutilmoqda. Sigareta tutuni tezligi sharqdan sekundiga 1/2 kmni tashkil qiladi. Tog‘li hududlarda vino yoki kon’yak sel kelishi kutilmoqda. Shu sababli cho‘ntagingizga qurt yoki sho‘r bodiring solib yurishni unutmang!
Bir cholni nevarasi bor ekan, ismi Diplom ekan. Bir kun cholni uyiga mehmon kelibdi. Chol nevarasiga:
— Diplom bor choy damlab kel, - debdi.
Mehmon hayron bo‘lib choldan so‘rabdi:
— Nevarangizni ismi nimaga Diplom?, - desa,
Chol:
— Qizim shaharga diplom olib kelaman deb ketib, shuni yetaklab keldi, - dermish
Bir tilanchi eshikni taqqillatibdi.
Uy egasi eshikni ochib, tilanchini ko‘ribdiyu bitta non chiqarib beribdi. Tilanchi esa:
— Menga tort bersangiz, debdi.
— Iye, nega? Doim non olardingku?
— Bugun mening tug‘ilgan kunim...