Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Bir kuni afandi cho‘lda ketayotsa, oldidan sehrli ko‘za chiqibdi. Afandi ko‘zani ishqalabdi. Ichidan katta jin chiqib:
— Amringizga muntazirman, - debdi.
— Uyga ketgim kelyapti, - debdi afandi.
— Unda ketdik, - debdi jin.
— Tezroq ketgim kelyapti, - desa
— Unaqada yugurdik, - dermish jin...
Bir kishi do‘stining xotinini janozasidan xomush bo‘lib uyga kelibdi. Xotini:
— Ha adasi, nimadan buncha xafasiz?, - deb so‘rapti.
Eri bo‘lsa:
— Xotin qara, Baxtiyor do‘stim ikkita xotinini ko‘mdi. Men esa hali birorta-yam ko‘mganim yo‘q!, - dermish.
O‘lim to‘shagida yotgan qariya nabirasiga vasiyat qilibdi:
— Nabiraginam! Senga bitta katta ferma, uchta uy, ikkita dalahovli, beshta do‘konni meros qoldiraman.
Nabirasi shoshilib:
— Qayerda buvajon, qayerda?, - deb so‘rasa,
— Telefonimdagi "MoyaFerma" o‘yinida!, - dermish qariya.
— Kafega boraylik?
— U yoqqa mumkin emas.
— Baliq oviga boramizmi?
— Borish mumkin emas ovga.
— Uylanganingga afsuslanyapsanmi?
— Afsuslanish mumkin emas.
Bir afg‘on yigit xotinining orqasidan yurib ketayotgan ekan, uni ko‘rgan boshqa yo‘lovchi shunday debdi:
— Ota-bobolarimiz xotinning orqasidan emas, oldidan yurishgan.
Yigit esa:
— Ota-bobolarimiz davrida mina bo‘lmagan-da, - degan ekan.
Ota-onalar majlisida o‘qituvchi shikoyat qilibdi:
— O‘g‘lingizni hulqi meni ancha tashvishga solyapti. Tanaffus payti qizlarning orqasidan yugurishini bir ko‘rsangiz edi...
Ota:
— Nima qipti? Axir uning yoshida hamma bolalar qizlarning ortidan yuguradi, - desa, o‘qituvchisi:
— Qo‘lida katta tosh bilan yugurayotganidan tashvishdaman-da, - dermish.
Bir kuni bir kishi yonidagi sherigiga:
— O‘rtoq yaqinda yangicha ovqat chiqibdi
— Yo‘g‘-ye uni nomi nima ekan?
— Uni nomi «Namuncha»
— Bu ovqating qancha turarkan?
— 90 000 ming so‘m
— Namuncha...
— Ana aytdim-ku!
Afandi kimsasiz cho‘lda faqat xotini ikkalasi yashar ekanlar. Taqdir taqozasi bilan xotini tug‘adigan bo‘lib qolibdi. Kimsasiz cho‘l, qorong‘i tunda, naqd ming chakirim naridan bitta doya kampirni topib kelibdi.
Doya kampir ham Afandining uyida o‘zidan boshqa hech kim bo‘lmaganligi sababli qorong‘ida chiroqni qaratib turasan, - deb chiroqni unga tutkazibdi.
Afandi chiroqni qaratib turganmish, doya kampir tug‘dirayotganmish. Afandi chiroqni qaratib tursa, oldin bitta kalla chiqibdi, keyin ikkinchisi va uchinchi kalla ham ko‘rinayotganmish. Afandi shosha-pisha chiroqni "puf", deb o‘chiribdi.
Doya kampir hayron bo‘lib:
— Afandi, chiroqni nimaga o‘chirding, - deb so‘rabdi.
Afandi norozi bulib:
— E-e-e, onasini emsin. Chiroq qaratib tursang, bular yorug‘ga qarab chiqaverarkan, - dermish.