Charli Chaplin, Aldar Ko‘sa va Afandi tog‘larda yurgan ekan, oldilaridan dev chiqib qolibdi.
Uchchalasi “Bizni qo‘yib yubor!” deb devga yalina boshlashibdi. Shunda dev:
— Har biringiz og‘zingizdan biror narsani olib yerga tashlaysizlar. Kimning narsasini ko‘rib, ushlashga ulgursam, men bilan qoladi. Agar ko‘rmasam, qo‘yib yuboraman, - debdi.
Chaplinning og‘zida saqichi bor ekan. Saqichini yerga tashlashi bilan, dev ushlab olibdi.
Aldar Ko‘saning og‘zida nos bor ekan. Yerga tashlashi bilan, uni ham dev ushlab qolibdi. Navbat Afandiga kelibdi. Kecha rosa to‘yib sarimsoq yegan Afandi devga qarab “Kuf-f-f” debdi. Dev atrofga alanglab qarabdi-da:
— Sarimsoqni hidi bor-u, o‘zi yo‘q?! Mayli sen uyingga ketaver! – degan ekan.
Qo‘llarimni artib yurish uchun nam salfetka sotib oldim.
Ochib, bittasini oldim. Qo‘llarimni artdim keyin stolni artdim, birozdan so‘ng oyoq kiyimimni, sal turib ...
Siyosiy, ma’naviy tayyorgarlikdan o‘tgan praporshik Kimsanboyev mehnat qilish huquqi borligini bilib tursa-da, tabiatan kamtarligi sababli ushbu huquqidan hech foydalanmaydi.
Ikkita inoq do‘st daryo bo‘yicha cho‘milishayotgan ekan. To‘satdan biri cho‘ka boshlabdi. Shunda do‘stiga qarab:
— Yordam ber do‘stim, men cho‘kayapman! - desa, do‘sti:
— Mayli do‘stim, seni cho‘kkaning-meni cho‘kkanim... - degan ekan.
Afandining bir boy qo‘shnisi bor ekan. U boy nuqul afandiga xatlarini bepul yozdirib yurarkan.
Bir kishi so‘rabdi:
— Afandi, nega nuqul boyni xatlarini bepul yozib berasan? Axir u senga haq to‘lamaydi-ku?!
Afandi debdi:
— Agar boyni xatlarini yozib bermasam, u menga ko‘p pul to‘lay boshlaydimi???