Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Bir erkak uyiga har kuni ichib kelar, ertalab tursa hamma yog‘i momataloq, cho‘ntagida pullari yo‘q bo‘lar ekan.
Bir kuni uyiga ichmasdan kelib, ataylab ko‘zini yumib yotsa, xotini bilan bolalari tayoq olib kelib, endi urmoqchi bo‘layotganlarida o‘rnidan turib:
— Ha, demak bu senlarni ishlaring ekan-da!? – deb hammasini quvlab ketgan ekan.
Bir kishi hojatxonaga kirish uchun kelsa, xojatxonalarning eshiklaridan biriga “J”, ikkinchisiga “M” deb yozilgan ekan.
Boyagi kishi “J”ga qarab:
— “Juda shoshilganlarga” bo‘lsa kerak. Shu eshikka kira qolay, - debdi-da, ichkariga yugurib kirsa, bir ayol turgan ekan. Ayolga qarab:
— Meniki ham juda shoshilinch edi-da... – dermish.
O‘zbekistonga anomal issiq havo kirib keldi. Bunday vaqtda bizlarga faqat go‘ja yordam bera olishi mumkin.
— Qaranglar, kimdir hushidan ketdi!
— Yugur go‘ja olib kel! Tezroq! Qutqaramiz!
Futbolga mukkasidan ketgan onaxondan intervyu olishyapti:
— Mana siz ayol kishi. Qanday qilib bunchalik futbol ishqoboziga aylangansiz?
Onaxon ko‘p o‘ylamay, javob beribdi:
— Bolam, men aslida futbolga umuman qiziqmasdim. Shu, turmushga chiqqanimdan keyin bobong har kuni kechqurun futbolni ko‘rishga majburlardi. Men o‘yinni ko‘rib, kim gol urdi, kim kartochka oldi, hamma tafsilotlarni yozib olardim. Ertalab bobongiz men yozganlarni o‘qib olardilar.
— Ie, nega bunaqa qilardilar?
— Choyxonaga borganlarida o‘rtoqlariga gap bermay, vaysash uchun-da...
— Onaxon, yaxshi-yam choyxonadagi muhokamaga sizni olib bormas ekanlar. Bo‘lmasa hozir boshqa chol bilan yashayotgan bo‘larmidingiz...?!
O‘rta yoshli, oilali yigitning hayollari:
“40 yoshga yetganimda sariq Lambordjini haydashni orzu qilib quvonar edim... Mana, shu yoshga ham to‘ldim. Hozir Korzinka ga kirib, oziq-ovqatlarning narxi yozilgan sariq rangdagi qog‘ozchalarga qarab sevinchim ichimga sig‘mayapti. Chegirmalar!!!”
Ayolning eri yana ichib kelibdi. Xotini doimidek janjal ko‘taribdi.
— Nima, yana ichib keldizmi? Biror marta mana shu aroq o‘lgurni ichmay kelasizmi? Nimaga ichaverasiz shu yer yutkurni?
— Nima qilay, aroq suyuq, ichiladi. Agar qattiq bo‘lganda, g‘ajirdim...
Bir kishi katta ko‘lning qirg‘og‘ida o‘tirsa, turistlar kelib so‘rashibdi:
— Nega bu yerda o‘tiribsiz?
— Men ko‘lning narigi qirg‘og‘iga suzib o‘ta olaman, - debdi boyagi kishi.
— Qancha vaqtda o‘rgandingiz buni, - deyishibdi turistlardan biri.
— Besh yil umrim ketdi, - debdi.
Shunda turistlar ko‘lning narigi qirg‘og‘iga o‘tkazib qo‘yadigan qayiqqa o‘tirib, qayiqchini qo‘liga ikki ming pul berib, haligi kishiga deyishibdi:
— Besh yil umringiz ikki ming so‘m turar ekan-da!?
— Doktor, menga yordamingiz kerak! Yoshim 28da. Hanuzgacha turmushga chiqmadim.
— Men psixiatrman! Qanday qilib sizga yordam berishim mumkin?!
— Axir men aqldan ozay deb turibman-ku...