Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Xotin eriga dedi:
— Ko‘ylagimni yeching... Yubkamni yeching... Paypog‘imni yeching... Endi shoshilmasdan, ichki kiyimlarimni yeching, yana yirtib yubormang... Va boshqa hech qachon meni kiyimlarimni kiymang!!!
— Salom!
— Privet.
— Ahvolingiz qanday?
— Spasibo. Xorosho. Kak vashi dela?
— Yaxshi. Siz o‘zbekmisiz?
— Da.
— Unda nega o‘zbekcha gapirmaysiz?
— Ya po-uzbekski ponimayu, no ne umeyu govorit...
— Meni itimga o‘xsharkansizda...
— V smыsle?
— Mening itim ham tushunadi, biroq, gapira olmaydi.
Yosh yigitcha kitob do‘konida sotuvchidan so‘rabdi:
— Sizlarda "Qanday qilib 1 oy ichida millioner bo‘lish mumkin?", - degan kitob bormi?
— Bor! Mana, marhamat! Lekin sizga tavsiyamiz — bu kitobga qo‘shib "Jinoyat kodeksi"ni ham sotib oling.
Ko‘prik tagida turgan bezori yonidan o‘tib ketayotgan yigitga: — Og‘ayni chekishdan bormi? - desa, yigit: — Men sportchiman, besh karra O‘zbekiston chempioniman, chekmayman! - debdi. Bezori bo‘lsa: — Voy, uzr aka sizmidingiz! Tanimaganimni qarang, boy bo‘larkansiz! - degan ekan.
Yosh qiz doktor xonasiga yugurib kirib: — Yordam bering, meni ari chaqib oldi... Doktor: — Hechqisi yo‘q! Hozir malham surib qo‘yaman, tuzalib ketadi. Qiz: — Qanday qilib surasiz? U allaqachon uchib ketdi-ku!
Bir ayol mushugini sotish uchun olx.uz ga e’lon joylashtiribdi: "Sog‘lom, chiroyli, aqlli, egasiga vafodor mushuk sotiladi. Beshinchi martta sotyapman!"
Bemor shifokor ko‘rigidan o‘tdi. — Xo‘sh, menda qanday kasallik bor ekan? — Sizda istagan kasallik: oddiy tumovdan tortib juda kam uchraydigan yurak nuqsoni ham bo‘lishi mumkin... Hammasi sizning moddiy ahvolingizga bog‘liq.