Bir yigit uylanib, do‘sti bilan gaplashib qolibdi. Do‘sti so‘rabdi: — Mana uylanding, endi baxtlimisan? Uylangan yigit: — Kim uylanib baxtli bo‘libdi? — Kashey. Chunki uni qaynonasi bo‘lmagan.
Ertalabki tig‘iz paytida Gazel mashinasiga 18 ta yo‘lovchini emas, 48 ta yo‘lovchini sig‘dira olgan Abdusattor aka Ginnes rekordlar kitobiga kiritildi.
Tushimda o‘qituvchilar "Hurmatli ota-onalar! Bizning o‘quvchilarni yana so‘kib, urib yurmanglar. Ularni sizlarga bu uchun berib qo‘yganimiz yo‘q... O‘zimizga so‘ramagan "remont puli" ham bizdan sizlarga siylov" deyayotganmish. Ter bosib, uyg‘onib ketdim. Tavba, qaytar dunyo degani shumikin?!.
Tiqilinch avtobusda Abdusattor shimining cho‘ntagidan pul olish uchun o‘rnidan turib-o‘tirgan edi, tik turib ketayotgan 18 yo‘lovchini hayajonlantirib yubordi.
Bir musiqachining har kuni ishdan so‘ng klubga borib, yana musiqa tinglash odati bor ekan.
Bundan hayron bo‘lgan do‘sti undan so‘rabdi:
— Nega kuni bilan musiqa tinglaysan-da, yana kechqurun klubda musiqa tinglashga borasan? Bu senga nima uchun kerak?
U esa javob beribdi:
— Axir menga kuni bilan pivo ichishga berishmaydi-ku!?
Uchta baliq choʻmilgani borishibdi. Ikkitasi choʻmilayotsa, uchinchisi suvga tushmasdan oʻtirganmish.
— Sen nega choʻmilmayapsan? - deb soʻrashsa, baliq:
— Meni kupalnigim qolib ketibdi, - dermush.
Bir erkak uyiga har kuni ichib kelar, ertalab tursa hamma yog‘i momataloq, cho‘ntagida pullari yo‘q bo‘lar ekan.
Bir kuni uyiga ichmasdan kelib, ataylab ko‘zini yumib yotsa, xotini bilan bolalari tayoq olib kelib, endi urmoqchi bo‘layotganlarida o‘rnidan turib:
— Ha, demak bu senlarni ishlaring ekan-da!? – deb hammasini quvlab ketgan ekan.