Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Vanya Abramdan pul qarz so‘rashga keladi.
— Abram, menga 100 rubl ertagacha qarz berib tur. Ertaga 100 rublni 200 rubl qilib qaytarib beraman, evaziga boltamni garov sifatida qoldiraman.
Abraam 100 rubl berib:
— Vanya, lekin senga rahmim keldi, ertaga sanga + 100 rubl qilib qaytarib berish qiyinlik qilmaydimi?
— Ha, to‘g‘ri aytasan Abram, qiyin bo‘ladi, lekin ilojim yo‘q.
— Vanya, bunday qilamiz, yaxshisi sen menga hozir yarmini ber (100 rublni) ertaga qolganini berasan, senga qiyin bo‘lmaydi.
Shunday qilishibdi.
Vanya uyiga borayotib, o‘ylarmish: "100 rubl oldim, yarmini berdim, yana 100 rubl qarz bo‘lib qoldim, boltamni garovga qo‘ydim, oldimda hech vaqoim yo‘q, lekin bari to‘ppa—to‘g‘ri!"
Afandi bir kecha sham yoqib xotini bilan gaplashib o‘tirgan edi, birdan shamol turib, shamni o‘chirdi. Uy qop-qorong‘i bo‘lib qoldi.
— Chap tarafingizda gugurt bor, olib shamni yoqib yuboring,—dedi xotini.
— Iye, qiziqmisan, xotin? Qorong‘ida chap tarafni qayoqdan bilib bo‘ladi, deysan!
Qo‘lida tortcha ko‘tarib olgan Vazirani oldiga shirinlikni juda ham xush ko‘ruvchi Nazira kelib, so‘zladi:
— Oting nima?
— Vazira, senikichi?
— Nazira, kel dugona bo‘lamiz. Tortingni teng bo‘lamiz...
Bola dadasidan:
— Dada ertak nima o‘zi?
— Ertakmi, nima desam ekan... Masalan ertakda qurbaqani topib olib, yoningda bir kecha olib yotsang ertasiga qarasang malikaga aylangan bo‘ladi. Hozir esa uylanasan, ertasiga qarasang aksi bo‘layapti, - dermish
Er ishdan kelsa, xotini oqsoqlanib yurganmish:
— Iye, xotin oyog‘ingga nima qildi?
— Stulga chiqib oyna artayotganidim, yiqilib tushdim.
— Oyoq butunmi, sinmadimi ishqilib?
— Singani yo‘q-ku, bir oz og‘riyapti.
— Men sendan stulni oyog‘ini so‘rayapman?!
Afandining anjiri pishgan edi, bir savatga terib Poshshoga olib bordi. Ammo qorovullar uni anjirini tortib olishdi-da, ichkariga olib kirib ketishdi. Afandi darvoza tagida qoldi. Shu vaqtda yasovullar besh-o‘nta bandini haydab kelishayotgan edi, ularning biri yo‘lda qochib ketdi, uning o‘rniga Afandini ham bandilarga qo‘shib qorovullarga topshirishdi.
Afandi qanchalik dodu faryod qilib yopishmasin, foyda bermadi, uni zindonga tashladilar.
Kunlar, oylar o‘tsa ham Afandi hamon zindonda qoldi.
Bir kuni poshsho zindonga kirib Afandidan nima sababdan qamalganini so‘ragan edi, u butun voqeani so‘zlab berdi. Poshsho uni bo‘shatishga buyurib, so‘radi:
— Sening anjiring menga juda ma’qul bo‘lgan edi, tila tilagingni?
— Anjir evaziga shuncha mukofot oldimki, buning ustiga yana biror narsa so‘rashga ham uyalaman. Bir dona o‘tkir bolta hadya qilsangiz, shuning o‘zi bas.
— Boltani nima qilasan?
— Bog‘imdagi anjirlarni bitta qo‘ymay kesib tashlamoqchiman,— dedi u.