Doda latifalar

Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Ikkita odam baliq tutib o‘tirib, bir qadahdan aroq quyishibdi. Shu payt qarmoqqa baliq ilinibdi. Aroqni yoniga qo‘yib, qarmoqni tortib chiqarsa, baliq "Shalop" etib aroqni ichiga tushibdi.
Jahl bilan aroqni ko‘lga to‘kib tashlabdi. Aroqni ichidagi baliq suvga qaytib tushib, sheriklariga maqtanibdi:
— Tepada ikkita ovchi ushlagan baliqlariga bir qadahdan aroq quyib berib, yana suvga tashlab yuboryapti, - dermish.
8
— O‘rtoq, universitetga miyang bilan kirdingmi?
— Ha, miyam bilan kirib, miyam bilan chiqdim!
5
— U tirikligida ham, hozir ham bizlarga iliqlik bahsh etib turadi, - deb, Buratinodan qolgan o‘tinlarni olovga tashladi Malvina...
4
— Ozish uchun fitnes zalga borayotganmishsan...?
— Ha. Uch soat o‘tirib kelyapman.
— Nimaga o‘tirib?! Shug‘ullanmayapsanmi?
— Yo‘q. Oshxonadan yiroq bo‘lsam-bo‘ldi. Shuni o‘zi yordam beradi ozishimga!
4
— O‘rtoq mayor, botinkangizni rangi har xil ekan. Qarang, biri qora, biri qo‘ng‘ir. Uyga qaytib, almashtirib kelganingiz ma’qul.
— Bordim. Uydagi botinkalarimning ham rangi shunaqa, har xil ekan.
9
Merlin Monroning surati hanuzgacha reklama plakatlarida uchraydi. Odamlar o‘lganidan keyin ham ishlab yurishibdi. Meni xotinim tirik bo‘lsa ham ishsiz!!!
5
Rahbariyat oylik ish haqqini kamaytirmaydi. Haqiqiy baxt pulda emasligini bot-bot ta’kidlab turadi.
2
Bir hayolparast yerga qarab, hayol surib ketayotsa, boshi qars etib simyog‘ochga urilibdi. Qarasa, simyog‘ochga shunday deb yozib qo‘yilgan ekan:
"Simyog‘och tepasidagi tugunda bir million pul bor. Olsang, seniki! Agar ololmay, yiqilib tushsang, ovozing ayol kishini ovoziga aylanib qoladi.
Hayolparast kishi ololmay yiqilib tushibdi-yu, rostdan ham ovozi ayol kishinikiga o‘xshab qolibdi.
Hafa bo‘lib tursa, nariroqda bir erkak kelib qiz bolani tovushida:
— Ololmasangiz, nima qilardingiz chiqib? - dermish.
7
Ikki og‘ayni tikoda bir do‘kon yoniga kelib to‘xtashibdi. Mashinani egasi tikoni eshigini qulflayotsa, o‘rtog‘i unga qarab:
— Bu eski aravang kimga-yam kerak?! - desa, do‘sti:
— O‘tgan safar mashinamni ichiga axlat tashlab ketishibdi. Shunga qulflab qo‘ymoqchiman-da..., - dermish.
10
Samsung korporatsiyasi mobil telefonning navbatdagi modelini e’lon qildi. Endi bu oddiy bomba bo‘ladi!!!
7