Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Oq qand yangi chiqqan vaqtda Afandi taajjublanib qandfurushdan so‘radi:
— Aka, bu nima? Rohatijonning qurug‘i desam, shinnisi ko‘rinmaydi...
Qandfurush tushuntirib berdi:
— Bu - qumshakarning yirigi, yangi chiqdi. Buni oq qand deyiladi.
— Jinday chashna bering-chi?
Afandi oq qanddan bir chaqmog‘ini og‘ziga solib so‘rgan edi, huzur qilganidan badanlari yayrab, ko‘zlari suzilib ketdi.
— Shunday yaxshi narsani sotasizmi,— dedi Afandi yutinib,— uyingizga oborib bola-chaqangiz bilan so‘rishmaysizmi?!
— Jek, sevgiling sening millionerning nabirasi ekanligingni bilgach, sendan voz kechgani juda g‘alati-ya.
— Nimasi g‘alati? Endi u menga buvi bo‘ldi.
Yozning issiq, dim kunlarining birida podsho Afandi bilan boqqa chiqdi. Pashshalar bet-qo‘liga qo‘na berganidan bezor bo‘lgan podsho so‘radi:
— Nega bu pashshalar faqat menga yopishadilar, sira sizga qo‘nmaydi?
— Zehn qo‘yib qarasinlar,— javob berdi Afandi, — pashshalarning hammasi o‘z pashshangiz!
Bolacha onasini yoniga yugurib kelib:
— Oyi, oyi, karavotni tagida ajina bor ekan...
— Ha, o‘g‘lim, dadang komandirovkadan kelgunigacha o‘sha ajina biznikida yashab turadi.
Azizjon minimarketda savdo qilib o‘tirsa, bittasi yugurib kelib:
— Novot bormi? - deb so‘rabdi.
Azizjon:
— Ha, bor - desa, boyagi odam:
— Shirinmi? - deb so‘rarmush.
Sovchilardan qizni onasi so‘rabdi:
— O‘g‘lingiz qayerda ishlaydi?
Sovchilar:
— Uzgazoilda pistoletchi bo‘lib ishlaydi..
Buni eshitib qolgan qizni otasi:
— Qizimiz sizlarniki, dermish.