Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Qadimgi Xitoylik donishmanlardan biri shunday degan ekan:
并应任命一名代表的人 数的选举结果副手。选举的结果已经成为最新的直接,最新的直接,虽然由理事会任命 的长老
Uni fikriga to‘liq qo‘shilaman. Bu haqiqat! Ayniqsa, mana bu gapi juda ta’sirli ekan:
最新的直接
O‘qituvchi sinfda:
— Sarvar, yana to‘polon qilyapsanmi?
— Hamma to‘polon qilyapti-ku?
— Bugundan boshlab umuman ovozing chiqmasin!, - degan o‘qituvchi ertasiga Sarvarni doskaga chiqarib savol bersa:
— Men umuman gapirmayman-ku ustoz, - dermish o‘quvchi.
Chuvalchang boshini yerdan chiqarsa, orqasida chiroyli chuvalchang turganmish.
— Yaxshi qiz, tanishsak bo‘ladimi?, - debdi. Shunda,
— Voy o‘ling! Man sizni dumingizman-ku!, - dermish.
— Yana ichib oldingmi, yaramas?!
— Qayerdan bildingiz, dada?
— Laylaklar aytib ketdi
— Voy bo‘o‘o‘, men hali laylaklar bilan gaplashadigan darajada ichganim yo‘q lekin..
Qadim zamonda usta mergan yashagan ekan. Bir chaqirimdan ham tangani nishonga behato olarkan. Bir kuni podshoh musobaqa uyushtiribdi. G‘olib chiqqanga bir qop oltin va’da beribdi. Ammo bu safar podshoh tangani qo‘lida ushlab turarkan. Nishonga tekkiza olmasa, kamon o‘qi podshohga tegishi va shu ishtirokchining boshi tanasidan judo bo‘lishi aniq. Usta mergan kamondan o‘q uzibdi. Qo‘llari qaltirab ketib, kamon podshohga borib tegibdi va podshoh halok bo‘libdi. Mergan jonidan umidini uzib tursa, podshohning voris o‘g‘li kelib:
— E qoyil, mana sizga ikki qop oltin, - degan ekan.
— Yoshingiz nechida?
— Hamisha yoshman. Go‘zal va sohibjamolman. Uyalmaysizmi ayol kishidan yoshini so‘ragani?!
— Xaddingizdan oshmang ayblanuvchi! Savollarimga to‘g‘ri javob bering. Siz sud zalidasiz axir...