Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
— Yoshingiz nechida?
— Hamisha yoshman. Go‘zal va sohibjamolman. Uyalmaysizmi ayol kishidan yoshini so‘ragani?!
— Xaddingizdan oshmang ayblanuvchi! Savollarimga to‘g‘ri javob bering. Siz sud zalidasiz axir...
— Xotin, tayyormisan? Buncha imillaysan? Mehmonga kechikayapmiz axir!
— Juda besabrsizda! Bir soatdan beri ikki daqiqada tayyor bo‘laman, deb qulog‘ingizga tanbur chalayapmanmi?
— Allo, bu pojarniymi? Tez yetib keling, bu yerda janjal bo‘lyapti!
— Nega bizga qilyapsiz, militsiyaga xabar bering!
— Militsiyalar bilan doktorlar urishishyapti! Kimga xabar berish kerak, axir?!