Doda latifalar

Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Xalqning oldiga bir jarchi kelib:
— Hozir nima demoqchiligimni bilasizlarmi?
— Yo‘q bilmaymiz.
Jarchi:
— Bilmaydigan odamlarga gapirishning foydasi yo‘q, - deb ketib qolibdi.
Ertasiga kelib:
— Men nima deyishimni bilasizlarmi —debdi.
Xalq:
—Yo‘q.
Jarchi:
— Bilmaydigan odamlarga gapirishning foydasi yo‘q.
Ertasiga xalq kelishib olibdi. "Yarmimiz bilamiz, yarmimiz bilmaymiz deymiz".
Jarchi yana eski gapini takrorlabdi. Xalq kelishganidek javob beribdi.
Jarchi:
— Unday bo‘lsa, biladiganlaringiz bilmaydiganlarga aytib qo‘ya qolsin, - deb ketvorgan ekan.
119
Bir kuni bo‘g‘irsoq yo‘lda ketayotsa, yo‘lidan bo‘ri chiqibdi.
— To‘xta man sani yeyman, debdi.
Shunda bo‘g‘irsoq:
— Bo‘rivoy mani yema, man tipratikanman harbiy xizmatga ketvotudim, shunga sochimni oldirib kevoman, degan ekan.
122
— Boltavoy, qachon darsingni qilasan?
— Kino tugagandan keyin.
— Juda kech bo‘lib ketadi-ku?
— Oyijon, o‘qishning erta-kechi bo‘lmaydi, deyishadi-ku!..
128
Afandining 2 yoshli o‘g‘li bor ekan, u faqat "ha" degan so‘zni bilar ekan.
Afandi bozorga ketibdi, uyiga o‘g‘ri tushib boladan so‘rabdi:
— Uyingda bir o‘zingmisan?
— Ha.
— Uyingda oltin bormi?
— Ha.
— Tashqaridami?
— Ha.
O‘g‘ri qazib-qazib, charchab, jahli chiqib:
— Ey bola, sen meni aldadingmi, — desa.
Bola:
— Ha, — dermish.
112
Ayol:
— Nahotki, menga mo‘ynali palto olib berishga og‘rinsangiz? Ko‘cha sovuq axir, o‘lib-netib qolsam, ko‘mish uchun po‘stinga qaraganda bir necha barobar ko‘p pul ketadi-ku?
— E-e, ko‘mish bir marta bo‘ladi, xotin!
105
Yarim kechasi telefon jiringladi.
— Ha, uxlayapsanmi?
— Ha
— Uxlayotgan bo‘lsang, uxla-da, nega telefonni ko‘tarasan?!
104
— Restorandan chiqqanimni bilaman, bir bezori boshimdagi telpagimni yulib qochsa bo‘ladimi!, - deb ko‘nglini yoribdi o‘rtacharoq bir shoir.
— Tabriklayman! Kimgadir hech bo‘lmasa telpagingiz kerak bo‘pti-ku!
115
Er va xotin istirohat bog‘ida sayr qilishmoqda. To‘satdan er xotiniga debdi:
— Azizam, tezda baxtli ayol qiyofasiga kir!
— Iye, nega?
— Qarshimizdan kelayotgan hov anavi ayol — mening birinchi xotinim...
113
Bir dangasadan so‘rashibdi:
— Kun bo‘yi hech narsa qilmasdan yotaverib, zerikib, charchab ketmaysanmi?
— Qanaqasiga hech narsa qilmasdan, men har zamonda u yoqdan bu yoqqa ag‘anayman - debdi.
120
Operatsiyadan chiqqan bemor o‘ziga kelib, o‘ziga o‘zi debdi:
— Xudoga shukur eson-omon qutuldim.
Shunda yonida yotgan kasal:
— Hali quvonishga erta, meni operatsiya qilishganda qaychini unutib qoldirishgan — debdi.
Ikkinchi bemor:
— Menda vrachni qo‘lqopi qolib ketgandi — deb tursa
Koridordan vrachni ovozi eshitilibdi:
— Hamshirani hech kim ko‘rmadimi?
102