Yigit bilan qiz telegramda yozishmoqda.
Yigit:
“Kechqurun restoranga borsak,...”
Qiz:
“Rostanmi!? Qayerga boramiz?”
Yigit:
“Shoshmay tur! Oxirigacha yozib olay! Kechqurun restoranga borsak, hamma do‘stlarim yig‘ilib bo‘lishgan ekan. Faqat men bilan Azizni kutib turishgan ekan.”

19

Boshqa latifalar

Bir to‘yda yarim tungacha bazm bo‘libdi-yu oxiri o‘rtakash bir otaxonni o‘rtaga chaqirib:
— Otaxon duo qilib bering, - debdi.
Otaxon o‘rtakashni oldiga kelsa, o‘rtakash otaxonni qulog‘iga zamonaviy BLUETOOTH mikrofonni taqib gapiring, - debdi.
Otaxon o‘rtakashga qarab:
— Menga mikrofon ber, - desa.
O‘rtakash:
— Otaxon gapiravering hamma eshityapti, - debdi.
Otaxon jahli chiqib:
— Mikrofon ber-e, - desa.
O‘rtakash otaxonni qo‘liga bitta stakanni berib, mana mikrofon endi gapiring, - desa.
Otaxon gap boshlabdi:
— Mana bugun jiyanimiz Abdusattor... jiyanimiz Abdusattor, - debdi-yu.
Kelinni ismi esidan chiqib qolib, stakanni orqasiga yashirib, o‘rtakashga qarab:
— Anu alvastini ismi nimaydi, - dermish.
1569
Vaqt allamahal bo‘lganda darvozadan kirib kelgan o‘g‘liga onasi debdi:
— Qayerlarda yuribsan? Soat nechi bo‘ldi?! Bor, yuraver ko‘chada!
Bu gapni eshitgan o‘g‘li shu zahoti cho‘ntagidan telefonini, kimgadir qo‘ng‘iroq qilib:
— Allo, Alish sho‘ttamisila? Ruxsat oldim. Hozir chiqaman, - dermish.
268
Bir qiz uchrashuvga kech qolib keldi.
Yigit:
— Nega kech qolding?!
Qiz:
— Bilmaysizmi, chiroyli qizlar doim kechikib kelishga odatlangan.
Yigit:
— Buni bilaman, lekin san nimaga kech qolding...?
404
Sinfdoshlari bilan uchrashuvdan qaytgan eridan xotini so‘ray boshlabdi:
— Azamatni ko‘rdingizmi?
— Ha, u ahmoq katta yurist bo‘lib ishlayotgan ekan.
— Botir-chi? U qalay?
— U tentak bosh vrach lavozimiga ko‘tarilibdi.
— Sardor qanday ekan?
— Eh, u befahm tadbirkorlikni boshlabdi!
Xotin:
— Qachon siz ham ahmoq, tentak, befahm bo‘larkinsiz-a...?
261