Bir injener ishsizlikdan nima qilishini bilmay, tavakkal bir kasalxona ochibdi. Kasalxona eshigi oldiga "Biz sizlarni benuqson davolaymiz. Agar davolay olmasak 50000 pulingizni 100000 qilib qaytaramiz", - deb yozib qo‘yibdi.
Yo‘ldan o‘tib ketayotgan bir vrach, - bularni bir boplab, 100000 pulini olib chiqib ketaman, - deb binoga kiribdi. Injener uni kutib olib, shikoyatini so‘rabdi.
— Men ta’mni bilmayapman. Nima yesam hammasi bir xil.
— Hamshira, shishadagi suyuqlikni ichiring.
— Iye, bu benzinku!
— Tabriklayman, ta’m bilishingiz tiklandi. Sizdan 50000.
Vrach jahl bilan pulni to‘lab chiqib ketibdi. Ikki kundan keyin yana kelibdi:
— Endi men hid sezmayapman.
— Hamshira shishadagi suyuq dorini bu kishiga ichiring.
— Bu yana benzinku...
— Ana, hid bilish qobiliyatingiz ham tiklandi. 50 000 to‘lab ketasiz. Vrach pulni to‘lab, yana jahl bilan chiqib ketibdi. Oradan 3 kun o‘tib, bu safar aniq boplayman degan maqsadda kelib debdi:
— Endi men hech narsani ko‘rmayapman.
— Kechirasiz, biz buni davolay olmaymiz. Mana sizga 100000 pul.
— Iye, bu yerda 50000 ku!
— Tabriklayman, ko‘rish qobiliyatingiz tiklandi. Sizdan 50000.
— Assalomu alaykum doktor. Sizga ko‘zimdan shikoyat qilib keldim! Oxirgi paytda judayam qiynalib ketdim. Oshxonaga kiraman deb, molxonaga kirib ketayapman. Uyimga kiraman deb, qo‘shnimnikiga kirib ketyapman. Yaxshilab davolamasangiz bo‘lmaydi!
— Sizni tezda davolamasa bo‘lmas ekan. Axir bu yer bank-ku...
Bola "Telegram"da o‘tirib kun kechirganini sezmay qolibdi. Bir payt eshik taqillabdi.
Bola:
— Eshik ochiq.
Bir pasdan keyin, eshik yana taqillabdi.
Bola:
— Eshik ochiq, kiravering dedim-ku, — desa.
Adasi eshikni ochib:
— Tur-eee, padaringa la’nat hojatxonaga kirganinga besh soat bo‘ldi, chiqsang kiramanmi?!
O‘g‘li kompyuter oldidan hech ketmayotganini ko‘rgan onasi oshxonada turib unga debdi:
— Kelaqol o‘g‘lim, ovqat tayyor!
— Hozir oyijon, hozir.
Onasi yana unga:
— Kelaqol endi, ovqating sovib qoladi...
O‘g‘li o‘rnidan turib oshxonaga kirib borsa, onasi tezgina yugurib borib, kompyuter oldiga o‘tiribdi-yu, xursand bo‘lib o‘ziga-o‘zi:
— Yana aldandi, laqma! – dermish.