Bir kishi omborida qo‘lbola aroq tayyorlar ekan. Chelakni ko‘tarib suvga chiqib ketib qaytib kelib qarasa, ikkita militsioner turganmish.
— Hm, samogon qaynatyapmizmi? – deyishibdi ular. – Tushuntirish xati yoz!
— Nima deb yozay?
— Borini yoz! Qanday bo‘lsa shunday!
Haligi kishi shunday deb yozib beribdi:
“Qarasam ombordan tutun chiqyapti. Yong‘in deb o‘ylab, chelakni suvga to‘ldirib chopib kelsam, ikkita melitsiya qo‘lbola aroq qaynatib o‘tirishgan ekan...”
To‘rt yahudiy va to‘rt o‘zbek Toshkentdan Moskvaga borish uchun poyezdga o‘tirishibdi. To‘rttala yahudiy har bittasi bittadan bilet olishibdi, o‘zbeklar bo‘lsa to‘rtalasi bitta bilet olibdi. Yahudiylar hayron bo‘lib, "bular nima qilar ekan, - deb kuzatib tursa.
Provodnik biletlarni tekshirishni boshlaganda, to‘rttala o‘zbek bitta tualetga kirib olibdi. Provodnik tualetda bitta odam bor, deb tualet eshigini taqillatib bilet so‘rabdi. Eshik qiya ochilib, bitta biletni ko‘rsatishibdi, provodnik o‘tib ketibdi.
Yahudiylar qoyil qolibdi va Moskvadan qaytishda, ular ham to‘rttasi bitta bilet olibdi, O‘zbeklar bo‘lsa birorta ham bilet olmabdi. Provodnik tekshirishni boshlabdi. Yaxudiylar yugurib tualetga kirib olibdi. Shu payt eshik taqillabdi. Yahudiylar biletni tashqariga uzatishibdi. O‘zbeklar biletni olib narigi tualetga yugurishibdi.