Bir kuni Messi ko‘chada sayr qilib yursa, Real jamoasining fanatlari uni rossa do‘pposlashibdi. Messi zo‘rg‘a qochib qutulibdi. Ertasi kuni ko‘chaga chiqsa, yana shu ahvol emish. Bundan charchagan Messi ustiga ayollar kiyimini kiyib, boshiga parik taqib ko‘chaga chikibdi. Shunda pista chaqib turgan xotin Messini yoniga kelib sekingina:
— Hoy Messi, bu yoqqa kel!, - debdi.
Messi xolani oldiga borib:
— Voy xola, mani tanidizmi?, - desa, haligi xolayam parigini yechib:
— Ahmoq, qanaqa xola? Man Ronald Kuman, - dermish.
To‘rt yahudiy va to‘rt o‘zbek Toshkentdan Moskvaga borish uchun poyezdga o‘tirishibdi. To‘rttala yahudiy har bittasi bittadan bilet olishibdi, o‘zbeklar bo‘lsa to‘rtalasi bitta bilet olibdi. Yahudiylar hayron bo‘lib, "bular nima qilar ekan, - deb kuzatib tursa.
Provodnik biletlarni tekshirishni boshlaganda, to‘rttala o‘zbek bitta tualetga kirib olibdi. Provodnik tualetda bitta odam bor, deb tualet eshigini taqillatib bilet so‘rabdi. Eshik qiya ochilib, bitta biletni ko‘rsatishibdi, provodnik o‘tib ketibdi.
Yahudiylar qoyil qolibdi va Moskvadan qaytishda, ular ham to‘rttasi bitta bilet olibdi, O‘zbeklar bo‘lsa birorta ham bilet olmabdi. Provodnik tekshirishni boshlabdi. Yaxudiylar yugurib tualetga kirib olibdi. Shu payt eshik taqillabdi. Yahudiylar biletni tashqariga uzatishibdi. O‘zbeklar biletni olib narigi tualetga yugurishibdi.