Vaqt allamahal bo‘lganda darvozadan kirib kelgan o‘g‘liga onasi debdi:
— Qayerlarda yuribsan? Soat nechi bo‘ldi?! Bor, yuraver ko‘chada!
Bu gapni eshitgan o‘g‘li shu zahoti cho‘ntagidan telefonini, kimgadir qo‘ng‘iroq qilib:
— Allo, Alish sho‘ttamisila? Ruxsat oldim. Hozir chiqaman, - dermish.
Bir qiz uchrashuvga kech qolib keldi.
Yigit:
— Nega kech qolding?!
Qiz:
— Bilmaysizmi, chiroyli qizlar doim kechikib kelishga odatlangan.
Yigit:
— Buni bilaman, lekin san nimaga kech qolding...?
Sinfdoshlari bilan uchrashuvdan qaytgan eridan xotini so‘ray boshlabdi:
— Azamatni ko‘rdingizmi?
— Ha, u ahmoq katta yurist bo‘lib ishlayotgan ekan.
— Botir-chi? U qalay?
— U tentak bosh vrach lavozimiga ko‘tarilibdi.
— Sardor qanday ekan?
— Eh, u befahm tadbirkorlikni boshlabdi!
Xotin:
— Qachon siz ham ahmoq, tentak, befahm bo‘larkinsiz-a...?
Ikkita sinfdosh:
— Chanqadim, suv ichib kelaman.
— Men uchun ham ichib kel.
Birozdan so‘ng:
— Ichib keldim.
— Men uchun ham ichdingmi?
— O‘zim uchun suvni jo‘mrakdan, sen uchun ariqdan ichdim...