Bir odam yangi ishga kiribdi. Nuqul ishxonaga bir yigit soat 11:00 da kelib, kompyuterda o‘tirib, biror ish qilmasdan ketaverarkan. U odamniyam jahli chiqib, ertasi kuni u ham soat 11:00 da kelsa, unga hayfsan berishibdi. — Nimaga? Anavi yigit har kuni 11:00da ishga keladi. Unga hech narsa demaysizlar-ku! - desa, boshlig‘i: — U yigit mehnat ta’tilida-ku! - degan ekan.