Kuyov mashinada qaynonasi bilan ketayotsa, YPH xodimi to‘xtatib, hujjatlarni tekshira boshlabdi. — Haydovchilik guvohnomangiz, talon, sug‘urta, ... — Mana, mana, mana! Ko‘rsatibdi kuyov. Hamma hujjatlar joyida ekan. Xodim: — Endi kuf deng-chi! – debdi. Bunisi ham “toza”! Orqa o‘rindiqda o‘tirgan qaynona gap boshlabdi: — Ha juvorma bo‘lgur! Hech narsa topa olmadingmi? Xodim: — Bu gapingiz xizmat vaqtida meni haqorat qilishga kiradi! Chora ko‘ramiz, - desa, kuyov: — Mana jinnixonadan ma’lumotnoma, - debdi.