Bolalar haqida latifalar

Adabiyot darsida o‘qituvchi:
— Tilshunoslar axtarib, "ZIZI" saqichining nomi fransuz tilidan tarjima qilinganda, "bolaning bulbulcha"si, - degan ma’noni berarkan, - desa.
Qitmirroq o‘quvchilardan biri:
— Reklamadagi bola nega ""ZIZI" menda borku, ZIZI senda borku", - deb aytishiga endi aqlim yetdi, - dermish.
133
Bolaligimda:
"Ura-a-a, yaqinda yangi yil bayrami bo‘ladi!!!"
Hozir:
"Uf-f-f yana yangi yil bayrami...!"
67
Oqshom ertagini bu safar o‘g‘liga otasi o‘qib bermoqda:
— Malika juda-yam go‘zal ekan... U shunchalar chiroyli edi-ki, shahzoda butun oqshom undan ko‘zlarini uza olmabdi.
— Ada, nega shahzoda malikani ko‘zlarini uzib olmoqchi bo‘lgan???
22
Ona qizidan so‘rabdi:
— Qizim, kechqurun xonangdan gumburlagan tovush keldi. Nima edi u?
— Kiyimlarim polga tushib ketdi.
— Kiyimlaring shunday ovoz chiqardimi?
— Men uni ichida edim-da!
21
Tarix darsida o‘qituvchi bir o‘quvchiga savol berdi:
— Fransiya - Prussiya urushi haqida nima bilasan?
O‘quvchi o‘rnidan turdi, lekin undan sado chiqmadi.
— Nega gapirmayapsan?
— Dadam urush-janjalga aralashma deganlar.
151
— Oyi, menga kimni miyasi qo‘yilgan?
— Adangni miyasi, bolam!
— Nega sizniki emas?
— Menda miya bo‘lganida, adangga turmushga chiqarmidim?!
23
Geografiya darsida o‘qituvchi Anvardan so‘rabdi:
— Tur Anvar! Yerni shakli qanaqa?
Anvar:
— Uchburchak, ustoz.
— O‘tir ikki!!!
— Mayli ustoz, yer dumaloq! Hali ko‘ramiz...!
43
Bir bolaning otasi uyni devorlarini bo‘yayotgan ekan. Onasi bolaga:
— O‘g‘lim ko‘rib, o‘rgan! Katta bo‘lganingda shu ishlarni sen qilasan, - debdi.
Bola javob qaytaribdi:
— Katta bo‘lgunimcha dadam devorni bo‘yab bo‘lmaydilarmi? - dermish.
27
— Bobo, siz ham yosh bola boʻganmisiz?
— Ha.
— Bolalar sizni soqolingizi koʻrib, rosa kulishgandir-a?!
23
Ustozi o‘quvchilaridan so‘rabdi:
— Kim maktabdan keyin institutga kirishni xohlaydi?
Hamma bolalar qo‘lini ko‘taribdi. Faqat bitta o‘quvchi ko‘tarmas emish.
Ustozi undan:
— Nega sen ko‘tarmayapsan? – deb so‘rasa, o‘quvchi:
— Oyim maktabdan keyin to‘g‘ri uyga kelgin deb tayinlaganlar, - degan ekan.
79