— Qizingizga bunday yomon so‘zlarni, qarg‘ashlarni kim o‘rgatyapti???
— Turqi qursin, juvarnamak, ... qayoqdan bilay...!
Yaqindagina haydovchilik guvohnomasini olgan yigit mashinasini burib olishga qiynalib tursa, bir yosh bola o‘tib qolibdi:
— Hoy bola, mashinamni haydayman, qarab tur. Agar simyog‘ochga tegsa aytasan, xo‘pmi?
— Ho‘p bo‘ladi, haydang, haydayvering, - debdi bola.
Bir vaqt "qars" etgan ovoz chiqsa.
— Tegdi amaki, - dermish.
Buvisi bo‘yi yetgan nabira qiziga debdi:
— Nabiraginam, tug‘ilgan kuningga bir chiroyli duo qilib qo‘yay...
Bo‘yi yetgan qiz shoshib buvisiga debdi:
— Buvijon, menga ajoyib yigit uchrashini duo qiling! U yigitsiz bir daqiqa ham yashay olmay...
Buvisi o‘ylanib turib dermish:
— Yo‘q, yaxshisi sen bilan yashay oladigan yigit uchrashini so‘rab duo qilaman!
Bir kuni maktabda o‘qtuvchi ochiq dars o‘tmoqda:
— Qani Sardor ayti-chi, katta bo‘lsang kim bo‘lasan?
Sardor:
— Katta bo‘lsam, millioner bo‘laman! Pulim ko‘p bo‘ladi. Xotinimga mashinalar, qimmatbaho kiyim-u, taqinchoqlar olib beraman. Uni yevropaga dam olgani yuboraman. Aytgan narsasini olib beraman, - debdi.
— Sen-chi Alisher, katta bo‘lsang kim bo‘lasan? - so‘rabdi ustozi.
Alisher:
Sardordi xotini, - dermish Alisher.
Faraz qiling inson 1000 yil yashasa qanday bo‘larkin! Ota o‘g‘lini so‘kyapti: Padaringa la’nat, 670 yildan beri ichasan, hech ichkilikni tashlamaysan, o‘g‘ling sendan bezib Rossiyaga ketganiga 215 yil bo‘ldi, katta o‘g‘ling 480 ga kirdi hali o‘ylamaysan, qizing 270 ga kirdi qachon erga berasan, kichik o‘g‘ling 113 ga kirdi, sunnat to‘yiniyam qilmading!
Bir ayol farzand tug‘ishda chaqaloqni yuqori tezlikda tug‘armush! Doktorlar bolani ushlab qololmay bola mayib bo‘lib qolarkan. Shunda chora topilibti. Futbol darbozabonini olib kelishibdi. Bola "PAQ" etib uchib chiqibdi. Chaqaloqni ushlab qolgan darvozabonni doktorlar olqishlashdi. Darvozabon kasbiga sodiq qolib "ochilila" deb bolani maydonga tepib yuboribdi.
Onasi yosh qizalog‘idan:
— Senga uka olib kelaymi yoki singilmi? - deb so‘rasa,
Qizaloq xo‘mrayib turib:
— Hech kim kerakmas! Hozir zamon ko‘tarmaydi! - dermish.
Bir bolakay o‘rtog‘iga maqtanibdi:
—Meni dadam seni dadangga qarz bergan.
O‘rtog‘i javob qaytaribdi:
— Lekin dadang meni dadamdan o‘sha qarzini ololmay yuribdi-ku!
Afandi uylangach, bir haftadan keyin xotini o‘g‘il tug‘ibdi.
Beshikni bosh tarafiga daftar, qalam qo‘yayotgan Afandiga odamlar debdi:
— Nega kecha tug‘ilgan bolani boshiga bularni qo‘ydingiz?
Afandi javob beribdi:
— To‘qqiz oylik muddatni bir haftada bosib o‘tgan bola, tez kunda maktabga borsa ajabmas!
— Tug‘ilgan kuningga nima sovg‘a qilsam ekan, nevaraginam?
— MP3 qo‘shiq yozilgan disk sovg‘a qila qoling, enajon.
— Senga qanaqasi yoqishini bilmayman-da.
— Eshitib qo‘ring-da, o‘zingizga yoqmaganlarini tanlab olavering.