O‘qituvchi o‘quvchilarga futbol o‘yini haqida insho yozib kelishni buyurdi. Sarvar nima deb yozishni bilmay uzoq o‘yladi va oxiri yozdi:
“Qattiq yomg‘ir yog‘ayapti. Maydon sirpanchiq. O‘yin qoldirildi”.
O‘qituvchi to‘polonchi o‘quvchining tanobini tortib qo‘yish uchun unga savol beribdi:
— Qani, menga osmonda nechta yulduz borligini aytib ber-chi.
— Yuz mingta yulduz bor, - ikkilanmay javob beribdi o‘quvchi.
— Yaxshi. Kechqurun sanab tekshirib ko‘raman.
Ertasi kuni o‘qituvchi yana o‘sha o‘quvchini savolga tutibdi:
— Javobing noto‘g‘ri ekan. Osmonda 9997 ta yulduz chiqdi.
O‘quvchi chapak chalib yuboribdi:
— Aytgandim-ku, yuz ming yulduz bor deb. Kecha tunda uchta yuldzuz uchganini qo‘shsangiz javob to‘g‘ri bo‘ladi.
Maktabdan qaytgan qizidan otasi so‘rabdi:
— Ho‘sh qizim, maktabingda nima yangiliklar?
Qizi:
— Maktabimiz yonidagi somsaxonada narxlar oshibdi ada...
— O‘rtoq komandir, televizor ko‘rsak bo‘ladimi?
— Ko‘ringlar. Faqat yoqmanglar.
Onasi o‘g‘liga:
— Hafta boshidan yangi hayot boshlamoqchimiz. Men ozishni boshlayman, adang chekishni tashlaydi. Sen nima qilmoqchisan?
— Men o‘qishni tashlamoqchiman!
Universitetni tamomlagan chiroyli, yosh qiz maktabga nemis tilidan dars berish uchun kelibdi. Maktab direktori yosh o‘qituvchini tekshirish maqsadida, u dars o‘tayotgan xonaga kirib, oxirgi partadagi o‘quvchining yoniga joylashibdi. Yosh muallima doskaga nemis tilida jumla yozib, bolalardan so‘rabdi:
— Qani, kim doskadagi yozuvni tarjima qiladi?
Orqa partada, direktorni yonida o‘tirgan bola qo‘lini ko‘tarib:
— Bugun uchrashsak bo‘ladimi? deb yozilgan ustoz, - desa, o‘qituvchini jahli chiqib:
— Nima? Voy tarbiyasiz-yey! Narsalaringni yig‘ishtir-da, yo‘qol!!!
Bola narsalarini yig‘ishtirib, direktorga qarab, yig‘lamsirab debdi:
— Nemischani tarjima qilishni bilmaskansiz, nima qilardingiz menga o‘rgatib?!...
— Yangi yil bayramida soat 12:00ga bong urayotsa, bir erkak niyat qilibdi:
"Shu yili sohibjamol, chiroyda tengsiz qizlar bilan tanishib olay...! "
— Xo‘sh, tanishibdimi chiroyli qizlar bilan?
— Ha, albatta! Xotini yana ikkita egizak qizaloqlarni tug‘ibdi...
— Botir, sen ingliz tilini bilasanmi?
— Ha, bilaman.
— Bo‘lmasa, aytchi “nothing” so‘zi nimani anglatadi?
— «Hech nima».
— Bo‘lishi mumkin emas! U nimanidir anglatishi kerak!
Yosh bola do‘konga kirib:
— Asal bering, - deb sotuvchiga idishini uzatibdi.
Sotuvchi idishni asalga to‘ldirgach, bolakay unga:
— Pulini adam kechqurun berib ketadilar, - debdi. Jahli chiqqan sotuvchi, — Yo‘q, - debdi-yu, asalni qayta to‘kib olibdi.
Do‘kondan chiqqan bolakay qo‘lidagi idish ichiga qarab:
— Adam rost gapirgan ekanlar. Bu yerda ikkita nonga surtsa yetadigan asal chiqadi, - dermish xursand bo‘lib.
O‘g‘il:
— Dada menga 5000 so‘m bersangiz, kechasi oyim kim bilan uxlaganlarini aytaman.
Otaning jahli chiqib
— Mana 5000 so‘m. Oying kim bilan uxlaganini tez ayt!!!
O‘g‘il:
— Men bilan uxladilar...