Bir kuni afandini o‘g‘li futbol o‘ynab qaytibdi. Afandi:
— Xo‘sh, nechta gol urding o‘g‘lim?
O‘g‘li:
— Ikkita.
Afandi:
— Hisob nechi bo‘ldi o‘zi?
O‘g‘li:
— 1:1 bo‘ldi ada!!!
Er-xotin sudda ajrashishmoqda. Yigit sudyaga:
— Bolani menga qoldirishingizni so‘rayman.
Sudya:
— Nega endi aynan sizga?
Yigit:
— Masalan avtomatga tanga tashladingiz Coca-Cola chiqdi. Coca-Cola siznikimi yoki avtomatnikimi?
— Oyijon, menga ikki ming bering.
— Hov anavi yerda o‘tirgan buviga bermoqchiman.
— Voy o‘zimni aqilli bolajonim. Qani o‘sha buvi?
— Hov ana, muzqaymoq sotyaptilar...
O‘qituvchi bolalardan birma-bir oilaviy ahvoli to‘g‘risida so‘ray boshlabdi.
— Qani sen, tur-chi! Dadang nima ish qiladi?
— Dadam soliqda ishlaydi.
— Oilaviy ahvolingiz qanaqa?
— Hammasi zo‘r!
Ikkinchi bolani turgizib so‘radi:
— Sening-chi, dadang nima ish qiladi?
— Hokimiyatda ishlaydi.
— Sharoitinglar qanaqa?
— O-o, klass!!!
Bir bola parta ostiga kirib ketay deb o‘tirganmish. O‘qituvchi uni ko‘rib:
— Sen nega berkinyapsan? Tur-chi!? Dadang nima ish qiladi?
— Dadam tadbirkor.
— Oilaviy sharoitlaringiz qanaqa?
— Anavi ikkalasini dadasi bo‘lmaganida, biz ham zo‘r yashardik.
Bir kuni afandini urushga olib ketishibdi.
Borgan kunining ertasidan boshlab uch kun urush bo‘libdi va urush tugabdi.
Oradan yillar o‘tib afandini nevarasi so‘rabdi:
— Buvajon, urush qanday bo‘lgan?
— E, birinchi kuni biz nemislarni rosa quvladik. Ikkinchi kuni nemislar bizni quvladi. Uchinchi kuni esa o‘rmon qorovuli kelib hammani quvdi... - javob beribdi afandi.
— Alla bolam, uxla shirin tushlar ko‘r, hoynahoy tushingga oppoq quyonchalar kirsa kerak-a?
— Yo‘q, avval: "Kango'ni reklamasi ketadi".
Qaynona yangi tug‘ilgan nabirasiga qarab turib keliniga:
— Umuman o‘g‘limga o‘xshamaydi, - desa, kelinini jahli chiqib:
— Oyijon, men sizga kseroks emasman! - dermish.
To‘rtta farzandi bor erga xotini:
— Tuzlangan qulupnay yegim kelyapti adasi, - deyishi bilan er hushidan ketib qolibdi...
O‘rmonda katta bayram bo‘layotgan ekan. Hamma hayvonlar xursand! Ayniqsa, ayiq hammadan ko‘proq quvonib yurganmush. Nima gapligini so‘rashsa:
— Masha turmushga chiqyapti, - dermish ayiqvoy.
— Oyi, muzlatgichdagi go‘shtdan yesam maylimi?
— Yo‘q bolam, u go‘shtni qora kunlarga asrab qo‘yganman.
— Choyimga shakar solsam-chi?
— Yo‘q, shakarni ham qora kunlarga saqlayapman.
— Eh-h, tezroq o‘sha qora kunlar kelaqolsaydi...