Qamoqda oʻtirgan mahbus xotinidan xat oldi. Oʻqib chiqqach, kameradoshlari undan soʻrashdi:
— Xotining nima deb yozibdi?
— E, oʻgʻlim yana beshinchi sinfda qoladigan boʻpti… Oilamizni rossa sharmanda qildi yaramas.
Yosh o‘qituvchi sinfga kirib kelib:
— Salom bolajonlar, - desa, sinfdagi bolalar bir ovozdan:
— Yo‘qol, chiqib ket! - deb baqirishibdi.
Qo‘rqib ketgan yosh o‘qituvchi direktor xonasiga yugurib kirib, vaziyatni tushuntirsa, direktor:
— Bu sinf o‘quvchilariga avval "qarmoq" tashlab ilintirib olish kerak. keyin dars boshlaysiz. Yuring ko‘rsataman, - deb sinf eshigini tepib kiribdi-da:
— Orangizda kim globusni koptok qilib o‘ynay oladi? - so‘rabdi.
O‘quvchilar:
— Globus nima o‘zi? - deyishibdi.
— Globus haqida yangi o‘qituvchingiz gapirib beradi, - degan ekan.
Ota va o‘g‘il sho‘rva ichib o‘tirishsa, o‘g‘il otasiga:
— Ota sho‘rvangizni go‘shtini menga bering, - desa,
ota o‘g‘liga qarab:
— O‘g‘lim shu go‘shtni yeyman deb bir kosa suv ichdim, - dermish.
O‘qituvchi:
— Abdulla, senga savol! "Qavat-qavat to‘ni bor, chiroyligina yuzi bor»?
Abdulla:
— Atirgul!
O‘qituvchi:
— Yo‘q, bu - karom.
Abdulla:
— Maylimi, endi man topishmoq bersam? U besh harfdan iborat, bosh harfiyam oxirgisiyam "Q"…
O‘qituvchi:
— Voy, quloqsiz bola! Nimalar deyapsan!?
Abdulla:
— Ustoz, to‘g‘ri javob - Quloq! Siz topdingiz!!!
Afandi baliq tutib oʻtirgan yosh bolalarga debdi:
— Hozir baliq tutmanglar! Hozir baliqlar bolalaydigan payt!
Bolalar:
— Amaki, buni oʻzimiz ham bilamiz! Biz erkak baliqlarni tutyapmiz, - debdi.
Afandi o‘g‘li bilan ketayotsa, yonidan bir kal kishi o‘tib qolibdi. O‘g‘li afandiga qarab:
— Dada qarang, anavi amaki kal ekan, - desa, afandi:
— Sekinroq gapir, eshitib qoladi, - debdi.
Shunda o‘g‘li:
— Nima dada, u amaki kalligini o‘zi bilmaydimi?, - dermish.
O‘n yoshli bola otasidan so‘rabdi:
— Ada, nega bu kolbasani nomi "Doktorskiy"? Nima, uni faqat doktorlar yeydimi?
Otasi:
— Yo‘q o‘g‘lim! Bu kolbasani yeb bo‘lgach, to‘g‘ri doktorga boraverish kerakligini bildiradi...
Ingliz tilidan birinchi dars. O‘qituvchi:
— Bolalar, kim inglizcha harflarni yoddan biladi?
Eshmat (kichkina dasturchi):
— Men!
— Qani, tartib bilan aytchi?!
— Q, W, E, R, T, Y
Xusan, do‘stidan hafa bo‘lib, shunday dermish:
— Iting senga do‘st bo‘lsa yaxshi, lekin do‘sting it bo‘lsa yomon.
Choyxonada:
— To‘xtanglar, birinchi bo‘lib men ichaman.
— Nega bunday deyapsan Timur?
— Dadam ichayotganimni bilib qolibdi: "ikkinchi ichganingni eshitmay", - degan edilar...